Get Mystery Box with random crypto!

Qozogʻistonda qozoq tilli maktablargina boʻlishi haqida qaror | Shokir Tursun qarashlari

Qozogʻistonda qozoq tilli maktablargina boʻlishi haqida qaror loyihasi tayyorlangan emish. Baʼzi rus maktablari qolarkan.

Chimkentga borganimda juda koʻp oʻzbek tilli maktablar borligini aytishgandi. Yuqorida tilga olingan qaror kuchga kirsa, Qozogʻistondagi oʻzbeklar oʻzbek tilida taʼlim ololmaydi. Bu millat oʻlaroq saqlanib qolishga ogʻir zarba boʻladi deyishim mumkin.

Yaqinda Ukraina ham rus tilini maktab dasturidan chiqargan edi. Ukrainaning motivlari aniq, lekin Qozogʻiston nega bunday qildi, anglolmadim.

@birgap