Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.91K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 67

2022-09-01 06:30:16 Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Sevara Maxmudova:

Mustaqillik orzu-niyatlarimizning roʻyobi

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tayotgan 31 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko‘lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Shu o‘rinda maktabdan tashqari ta'lim sohasida ham juda ko‘p yangiliklar va islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar, avvalo, o'sib kelayotgan avlod va ularning ota-onalari qalbidagi ertangi kunimizga, kelajakka boʻlgan katta orzu-umid va ishonchdan darak beradi. Siz bilan bizning bosh vazifamiz, burchimiz, ana shu ne’matlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatga kerakli inson bo‘lib xizmat qilishdir.

Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan chin qalbdan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman.

Vatanimizni, xalqimizni, barchamizni yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin.

Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
1.1K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:40:58
Hurmatli yurtdoshlar!

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi
barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etadi!

Sizlarga yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Oilalaringizdan tinchlik-totuvlik, farovonlik, to‘kinlik va fayzu-baraka arimasin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi.

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.2K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:15:14
Davlatimiz rahbari yuksak marralarga erishish uchun 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi. 

Bunda birinchi asosiy vazifa TA’LIM sohasi boʻlib, ta’lim sohasida oʻsib kelayotgan yosh avlod zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom ettirilishi va buning uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Batafsil: https://kun.uz/13138350

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
737 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:53:17 Yangi O'zbekiston gazetasining rasmiy sahifasi
30-avgust, 2022-yil

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi o'rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolanganligi Yangi O'zbekiston gazetasining barcha rasmiy sahifalarida keng yoritildi.

Batafsil o'qish: https://yuz.uz/news/taniqli-sanatkorlar-oquvchilarga-mahorat-darsi-otadi

#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
868 views14:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:53:26
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan seminar oʻtkazildi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent viloyati, Parkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan tanishildi.

Dastlab yoz mavsumi davomida o'quvchi-yoshlar qamrovi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda to'garak mashg'ulotlari jarayoni kuzatilib, amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatildi.

So'ng, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminar o'tkazishdan maqsad maktabdan tashqari ta'limni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
894 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:25:38
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan oʻquv-seminar o'tkazildi

Bugun, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida o'quv-seminar o'tkazildi.

O'quv-seminarda korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari alohida to'xtalib o'tildi.

Oʻquv-seminarda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining xodimlari ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shu kabi o'quv-seminarlar o'tkazish hududlarda ham davom etadi.

Mazkur oʻquv-seminardan maqsad xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish va huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site |Telegram|Facebook|Instagram
869 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:15:58
#Bilasizmi

Raqs mashg’ulotlari – bu o’z organizmini hartomonlama rivojlantirib, kasalliklarni oldini olgan holda kayfiyatni ko’tarish bilan sog’lom turmush tarzini olib borishning a’lo usuli hisoblanadi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Raqs” toʻgaragiga barcha oʻquvchi-yoshlarimizni taklif etadi.

Masofadan turib “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak a’zosi boʻlish

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
481 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:07:13 DIQQAT DIQQAT

#Challenge
#Vatanim_31_yoshda

1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi
munosabati bilan, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi #Vatanim_31_yoshda challengeni e’lon qiladi.

Challenge videorolik yoʻnalishida quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi:
"Vatanim 31 yoshda" mavzusiga oid videorolik (videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli tasvirlar asosida yaratilgan hamda mavzuni to'liq ochib berishi hamda mp4 formatida 50 MB dan oshmagan hajmda bo'lishi lozim).

Challengeda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar @RBABM_Tanlovbot telegram manziliga joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar yuborishlari lozim.

Challengeda hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining direktorlari toʻgarak a’zolari hamda xodimlari bilan birgalikda ishtirok etishlari kerak(Bunda ishtirokchilar avvalo o'z maktabini tanishtirishi hamda bayram munosabati bilan tabriklashlari lozim).

Eng yaxshi videoroliklar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylab boriladi.

Videorolik izohida muallif yoki mualliflar jamoasi haqida (tuman, shahar) ma’lumot berilishi zarur.

Challengedan asosiy maqsad, "1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni"ni bayramona tarzda nishonlash hamda yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.1K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:07:51
#Barkamol_avlod_bolalar_maktablari_OAV_nigohida

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida yozgi ta’til davomida qanday yangiliklar sodir boʻldi?
Qanday yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi?


Bu savollarning barchasiga batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati takomillashmoqda” mavzusida tayyorlangan Maxsus reportaj dasturida javob olishingiz mumkin!

#30aug #uzbekiston24

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati


Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
846 views16:07
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:15:08 Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
30-avgust, 2022-yil

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Ta'til - BARKAMOL bilan" tanlov va musobaqalar oyligi doirasida “Yangi O'zbekiston yulduzlari” shiori ostidagi respublika hisobot konsert dasturi o'tkazilganligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining barcha rasmiy sahifalarida keng yoritildi.

Batafsil o'qish: https://uza.uz/posts/403262

#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
864 views15:15
Ochish/sharhlash