Get Mystery Box with random crypto!

Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi tomonidan davra su | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan davra suhbati o'tkazildi

Bugun, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud to'garaklar faoliyati, dars jarayoni hamda to'garak a'zolarining ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Dars jarayonida toʻgarak a’zolari bilan ularni qiziqtirgan savollar bo'yicha suhbatlashildi.

To'garaklar faoliyati bilan tanishilgandan so'ng, toʻgarak a’zolari o'rtasida "Iqtidorli bolalar - yurt kelajagi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati o'tkazishdan asosiy maqsad, iqtidorli bolalar safini kengaytirish, o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom raqobat ruhini shakllantirishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE