Get Mystery Box with random crypto!

Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi tomonidan o'quv-se | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o'quv-seminar o'tkazildi

Bugun, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Zoom platformasida barcha hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun “Marketing faoliyati” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.

O'quv-seminarda marketing yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, oʻquv-seminar davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.

Mazkur oʻquv-seminardan koʻzlangan asosiy maqsad maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE