Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi ā€” Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi ā€” Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: TaŹ¼lim
Til: OŹ»zbek tili
Obunachilar: 21.91K
Kanalning taā€™rifi

Maktabgacha va maktab taā€™limi vazirligi huzuridagi Respublika ā€œBarkamol avlodā€ bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 62

2022-10-01 07:03:52 Xalq taā€™limi vazirligi huzuridagi Respublika ā€œBarkamol avlodā€ bolalar maktabi direktori Sevara Maxmudova:

YANGI Oā€™ZBEKISTON MEā€™MORLARI

Inson yashar ekan uning oldidan doimo turfa qiyinchiliklar, muammolar chiqib kelaveradi. Bu muammolarni faqatgina ilm bilan yengish, ilm bilan ularga yechim topish mumkin.

Ilm olishimizda esa bizga taā€™lim va tarbiya beruvchi ustozlarimizning oŹ»rni beqiyos!

Bugungi taraqqiyot, farovonlik, ilm-fandagi yutuqlar, kashfiyotlar, turli sohalardagi yuksalishlarning barchasida ustozlarimizning hissasi beqiyos, xizmati ulugŹ». OŹ»qituvchilar bilan ilm karvoni olgŹ»a bormoqda, muallimlar sabab oqil va odil avlodlar kamolga yetmoqda.

Davlatimiz rahbari taā€™kidlaganidek, oā€˜qituvchi deganda ā€“ zamon bilan hamqadam boā€˜lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni ko'z oldimizga keltiramiz. Albatta, yetuk, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, kreativ fikrlaydigan, dunyoqarashi keng barkamol yoshlarni voyaga yetkazayotgan fidoyi oā€˜qituvchilarimiz mehnati tahsinga loyiq.

Bugungi kunda xalq taā€™limi tizimida 502 687 nafar pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 9169 nafari "Barkamol avlod" bolalar maktablarida oŹ»quvchi-yoshlarimizni Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi oā€™gā€™il - qizlar sifatida ulg'ayishlari uchun bor kuch g'ayrati bilan harakat qilishmoqda. Yuragi gā€™ayrat-shijoatga toā€™la, yoshlar tarbiyasi yoā€™lidagi masā€™uliyatli vazifani oā€™z zimmalariga olgan ustozlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz!

Qalbi ezguliklarga yoā€™gā€™rilgan mehridaryo muallimlar!
Sizlarni ulug' ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etaman!
1.3K views04:03
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:15:25
Bayram muborak, aziz ustoz va murabbiylar!

Xalq taā€™limi vazirligi huzuridagi Respublika ā€œBarkamol avlodā€ bolalar maktabi 1-oktyabr - Oā€˜qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Millat kamoloti, mamlakat istiqboli, yurt rivoji - bularning barchasiga ilmli, maā€™naviyatli, maā€™rifatli avlod bilan erishiladi. Ilm, maā€™rifat, taā€™lim-tarbiyaning asosi maktab boā€˜lsa, singdiruvchisi oā€˜qituvchi va murabbiylardir!

Muallimlar hayotiy muhim saboqlar yoā€˜riqchisi, qalbda maā€™rifatni shakllantiruvchi kuch, barcha savollarga javob beruvchi bilimdon - hayotimizga nur boā€˜lib kirgan INSONLARDIR!

Aziz, mehribon ustozlar sizlarga salomatlik, barkamol avlodni tarbiyalash yo'lidagi mashaqqatli lekin sharafli ishingizda ulkan zafarlar va omad, oilangizda esa tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tilaymiz!

Shogirdlaringiz va farzandlaringiz kamolini ko'rish barchangizga nasib etsin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Respublika ā€œBarkamol avlodā€ bolalar maktabi jamoasi!

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.1K views03:15
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:27:14
1.3K views15:27
Ochish/sharhlash
2022-09-30 17:13:17 OŹ»zbekiston Milliy axborot agentligi
30-sentabr, 2022-yil


Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablarida o'quv-treninglar tashkil etilayotganligi keng yoritildi.

Batafsil o'qish: https://uza.uz/posts/411948

#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K viewsedited Ā 14:13
Ochish/sharhlash
2022-09-30 16:27:00
#Aziz_va_jonkuyar_ustoz

1-Oktyabr ā€” Oā€˜qituvchi va murabbiylar kuniga bagā€˜ishlanadi!

Xabaringiz bor, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "1-oktabr ā€” O'qituvchi va murabbiylar kuniā€ munosabati bilan #Aziz_va_jonkuyar_ustoz challenge eā€™lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyat ā€œBarkamol avlodā€ bolalar maktabi tomonidan mazkur challenge doirasida tayyorlagan ijodiy ishini e'tiboringizga havola etamiz!

Yaqinlashib kelayotgan Oā€˜qituvchi va murabbiylar kuni bayrami barcha oŹ»qituvchi va murabbiylarga muborak bo'lsin!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-09-30 16:11:33
#eā€™tirof
#1_oktabr
#bizning_faxrimiz

Urazbayeva Mavluda Anvarovna - Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Gazetadan buyumlar to'qish" to'garagi rahbari

Maktabimizning tajribali to'garak rahbari ko'p yillardan beri "Gazetadan buyumlar to'qish" bo'yicha ko'plab mehribonlik uylarida va imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlarida tarmoq to'garaklarini yuritib kelmoqda.

Uning samarali va beminnat mehnatlari Davlatimiz tomonidan munosib eā€™tirof etilib, Oā€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining ā€œOā€˜qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taā€™lim-tarbiya tizimida alohida oā€˜rnak koā€˜rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toā€˜gā€˜risida"gi Farmoniga muvofiq "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlanuvchilar ro'yxatiga qo'shildi.

Telegram Instagram Facebook
997 views13:11
Ochish/sharhlash
2022-09-30 10:56:33
#1_oktabr
#E'tirof

Adilova Shoira Muhammadiyevna - Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining direktori

Viloyatimizning tajribali maktab direktori ko'p yillardan beri tizimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Uning samarali va beminnat mehnatlari Davlatimiz tomonidan munosib eā€™tirof etilib, Oā€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining ā€œOā€˜qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taā€™lim-tarbiya tizimida alohida oā€˜rnak koā€˜rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toā€˜gā€˜risida"gi Farmoniga muvofiq "SogŹ»lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlanuvchilar ro'yxatiga qo'shildi.

Sirdaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Telegram
1.1K views07:56
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:54:41
1.2K views06:54
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:29:18
1.4K views06:29
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:08:35
510 views15:08
Ochish/sharhlash