Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro | Bilimni baholash agentligi

Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

2023-yil 30-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 3-apreldan 16-aprelga qadar my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

“Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov).
“Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov).
“Qorako‘z majnun” hikoyasi (Said Ahmad).
“Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London).
“Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze).

Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube