Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tiz | Bilimni baholash agentligi

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam)

2023-yil 17-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam) o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 11-mart kuni 9:00 ga qadar (to‘lov qilish — 12-mart 10:00) amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz