Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 22.10K
Kanalning ta’rifi

Aziz Rahimovning telegram kanali
Bog’lanish uchun: @Azizrahimov

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-02 13:57:42 Tobut tashiladi

Janozada erkaklar tobutni ko’tarish uchun navbat kutishadi.

Hech kim tashimasa, navbat kutmasa ham mayyit qabristonga yetib boradi. (Jigarlar turibdi-ku axir)

Demak ko’tarayotganlar o’zi uchun ko’tarayapti. Ibrat uchun, savob uchun.

Boshqa muhim ishlarda ham shunday.

Biz bo’lmasak ham:

O’sha masjid bitadi.

Loyihalar yuraveradi.

Odamlar o’zgaraveradi.

Taqdirdagi ishlar bo’laveradi.

Ishtirokimiz natija uchun emas. Qaysi tarafdaligimizni ko’rsatish uchun.

Amal bilan ko’rsatish uchun.

@azizrakhimov_blog
6.2K views10:57
Ochish/sharhlash
2023-03-02 09:01:01 Blog evolutsiyasi

Boshida birovning fikrlari ko’chiriladi.

Keyin havas qilgan odamga o’xshashga harakat qilib yoziladi. Ilhom olinadi.

Orada bir bir sayoz, lekin mustaqil fikrlar chiqishni boshlaydi.

Davom ettirilsa, fikrlar chuqurlashadi. Shaxsiy qarash paydo bo’ladi.

Keyin boshqalar ko’chirishni boshlaydi.

Blog evolutsiyasi dedimmi?

Biznes, hunar, shaxsiyat, kreativning ham evolutsiyasi xuddi shunday.

@azizrakhimov_blog
7.6K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2023-03-01 20:37:14 Men qilmasdim.

O’rnida bo’lganimda bu xatoni aniq qilmasdim deyman.

Adashdi. Oddiy narsani bilmadi. Shunaqayam sodda bo’ladimi deyman. Salbiy baho beraman.*

O’sha vaziyatga o'zim tushaman.

Xuddi o’sha xatoni qilaman.

Uni holatini keyin tushunaman.

Endi salbiy bahodan tiyilaman. Chunki men uning vaziyatini bilmayman.

Men kabi bolaligi bo’lmagandir. Ota-onasi boshqachadir.

Ustozlari, fikrlashi, o’qigan kitoblari boshqadir balki.

Men bilayotganlarni bilmas. Unutib qo’ygandir balki.

Savol so’rayman, maslahat beraman, yordam ayamayman. Lekin endi baho bermayman.

-----------
Baho berish bu yerda judging, осуждение ma'nosida kelyapti. Ya'ni: hukm o'qish, muhokama qilish, salbiy baho berish.

@azizrakhimov_blog
6.6K views17:37
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:00:21 Tong kunni belgilaydi

Tong qanday boshlansa kun ham shunday o’tadi.

Ertalabdan ekranga tikilsam, butun Yakshanbani bekor o’tganini sezmay qolaman.

Tongni yurishdan, bomdodga masjidga chiqishdan boshlasam, kun bo’yi energiya ko’p bo’ladi.

Tongni yaxshi boshlash uchun yaxshi uxlash kerak.

Uxlashning eng zo’r qismi (deep sleep) 22.00 dan 00.00 gacha bo’ladi. *

Odamlar bu vaqt uxlamagan bo’lishadi. Qolib ketgan ishlarni qilishayotgan bo’ladi.

Ishlar qolib ketgan chunki energiya yetmagan. Ko’p vaqt bekor ketib qolgan.

Energiya yetmagan chunki tong yaxshi boshlanmagan.

Bu jarayon (cycle) qachondir tugashi kerak.

Bugun o’sha kun bo’lishi mumkin.

——————
*UCLA tadqiqoti

@azizrakhimov_blog
9.7K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:30:25 Kichik harakatlar

Maktab paytida bolalar bilan Counter Strike o’ynardik. Bir bola cheat code (g’irrom) terib olardi. Katta bo’lib hamkorlarini ham aldab ketdi, boshlig’ini ham.

Ogohlantirmasdan kech qoladiganlar bilan ishlab, faqat yutkazdim. Birovni vaqtini qadrlamaydiganlar, mehnatini, pulini, yordamini ham qadrlamas ekan.

Ofitsiantlarga qo’pol gapiradigan tanishim bor edi. Menga ishi tushmay qolgach, muloyimdan qo’polga aylandi.

Kech qolsa “probkadaman” deydigan o’quvchim bo’lardi. “Onam kasal” deb pul olib, qimorga ishlatib yubordi. Bir mendan emas, hammadan olgan ekan.

Endi hech qaysi harakatni kichkina sanamayman. Odam bir ishni qanday qilishiga qarab qolgan ishlarni ham ko’rib olsa bo’ladi.

Kichik harakatlarni kuzating.

Odamni katta gaplari emas, kichkina harakatlari yaxshiroq ta’riflaydi.

@azizrakhimov_blog
6.1K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2023-02-27 11:27:38 Qariyaga yaxshilik qiling

Faceapp dasturini ko’chiring. Rasmingizni yuklab, qaritish tugmasini bosing.

Yaxshilab qarang.

Bir kuni shu odam bo’lasiz. Qariya bo’lasiz.

Ibodat qiling. Qariya ortga qarab afsuslanmasin, quvonsin.

Pul ishlatishni emas, yig’ishni o’ylang. Qariya qariganda og’ir mehnatda yurmasin.

Ilm oling, tafakkur qiling. Qariyani oldiga rahm qilib emas, ilm izlab kelishsin.

To’g’ri ovqatlaning, sportga boring. Qariya uyida yashasin, kasalxonada emas.

Katta maqsadlar qo’ying. “Nima ish qilgansiz bobo(buvi)?” savoliga qariya uyalib qolmasin.

15 yoshingizdagi xatolaringiz uchun, tirranchani yomon ko’rasiz. Boshiga bir urib maslahat bersaydim deysiz.

Shu holatga yana tushmaslik uchun, maslahatlarni qariyadan deb qabul qiling.

@azizrakhimov_blog
1.0K views08:27
Ochish/sharhlash
2023-02-26 07:37:25 Hammasi bizniki emas

Odam ortga qaraydi, 50 yil to’liq yashadim deb o’ylaydi.

Aslida 10 yil o’z hayoti, 40 yil boshqalarni hayotini yashagan bo’ladi. (Vicarious living)

Boshqalarning storieslarini ko’rganimizda ularning hayotini yashayapmiz.

Serial ko’rayotganimizda boshqalarning hayotini yashayapmiz. (O’ylab topilgan odamlarning).

O’yin o’ynayotganda personajlarning hayotini yashayapmiz.

O’yin o’ynayotganlarni tomosha qilganda, boshqalar hayotini yashayotganlarning hayotini yashayapmiz.

Butun umr sarflab o’n xonali uy qurdingiz. Oxirida bilsayiz bittasigina o’zingiz uchun ekan. Alam qiladi.

Yashashga kelganda buni sezmay qolamiz.

Yana 10 daqiqa deymiz, soatlarga ulanib ketadi.

O’zimizdan qizg’onamiz (tafakkur, ilm, oila, do’stlar, deep work)

Boshqalarga berib yuboramiz.

@azizrakhimov_blog
7.3K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-02-25 17:12:11 Xotirjam emassiz

O’ylaganingizdek gapirmaysiz.

Gapirganingizni qilmaysiz.

Qilganingizni oqibatlariga turib bermaysiz.

Yana nega xotirjamlik kutasiz?

Xotirjamlik = xavotirdan xolislik degani.

Xavotir olasiz, chunki bilasiz:

Yoki gapingiz, yoki harakatingiz, yoki sabringiz pand berib qo’yadi.

Xotirjamlik qidirmang.

O’ylaringiz, gapingiz, harakatlaringiz orasida moslik (integrity) qidiring.

@azizrakhimov_blog
5.4K viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:34:49 Tushunish

O’qidi degan tushundi degani emas. O’qidi degani.

Gapirib bera olsa, tushunadi degani emas. Biladi degani.

O’z so’zlari bilan yozib bersa olsa — tushunadi degani.

Ekspertlarga qarang, yozganini mazza qilib o’qiysiz.

Oson so’zlar bilan tushuntirib beradi.

Bilmaganini yozadiganlarga qarang, ustidan kulib o’qiysiz.

Terminlari ko’p bo’lsa ham tushunmaysiz, uyalmaslik uchun tushunmaganingizni aytmaysiz.

Bilgan odam o’rgatolmaydi, chunki sizni darajangizga soddalashtira olmaydi.

Tushungan odamga yosh bolaga ham, buvisiga ham, mushugiga ham tushuntira oladi. Sodda matnda ham tushuntira oladi.

Biron nimani tushunishingizni tekshirib ko’rmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

Biron nimani tushunmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

@azizrakhimov_blog
2.9K viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2023-02-23 15:40:46 Jim turish

Suhbatlarimni kuzatdim.

Gaplarimni 40 foizini gapirmasam ham ishim bitar ekan.

Ba’zi gaplar (maqsadsiz savollar, yangiliklar, odamlar muhokamasi) jim turmaslik uchun gapirilishini tushundim.

Maqsadsiz savollar berilganda, maqsadlilarining qadri tushishini ko’rdim.

Yangiliklar gaplashilganda, vaqt bekor ketishini ko’rdim.

Odamlar gaplashilganda, g’iybat boshlanishini ko’rdim.

Biron gapni gapirmaganim uchun hali afsuslanmadim.

Gapirganim uchun ko’p afsuslandim.

Gapira olish san’at deb yurardim.

Jim tura olish kattaroq san’at ekan.

@azizrakhimov_blog
4.0K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash