Get Mystery Box with random crypto!

Jim turish Suhbatlarimni kuzatdim. Gaplarimni 40 foizini ga | Aziz Rahimov

Jim turish

Suhbatlarimni kuzatdim.

Gaplarimni 40 foizini gapirmasam ham ishim bitar ekan.

Ba’zi gaplar (maqsadsiz savollar, yangiliklar, odamlar muhokamasi) jim turmaslik uchun gapirilishini tushundim.

Maqsadsiz savollar berilganda, maqsadlilarining qadri tushishini ko’rdim.

Yangiliklar gaplashilganda, vaqt bekor ketishini ko’rdim.

Odamlar gaplashilganda, g’iybat boshlanishini ko’rdim.

Biron gapni gapirmaganim uchun hali afsuslanmadim.

Gapirganim uchun ko’p afsuslandim.

Gapira olish san’at deb yurardim.

Jim tura olish kattaroq san’at ekan.

@azizrakhimov_blog