Get Mystery Box with random crypto!

Tobut tashiladi Janozada erkaklar tobutni ko’tarish uchun nav | Aziz Rahimov

Tobut tashiladi

Janozada erkaklar tobutni ko’tarish uchun navbat kutishadi.

Hech kim tashimasa, navbat kutmasa ham mayyit qabristonga yetib boradi. (Jigarlar turibdi-ku axir)

Demak ko’tarayotganlar o’zi uchun ko’tarayapti. Ibrat uchun, savob uchun.

Boshqa muhim ishlarda ham shunday.

Biz bo’lmasak ham:

O’sha masjid bitadi.

Loyihalar yuraveradi.

Odamlar o’zgaraveradi.

Taqdirdagi ishlar bo’laveradi.

Ishtirokimiz natija uchun emas. Qaysi tarafdaligimizni ko’rsatish uchun.

Amal bilan ko’rsatish uchun.

@azizrakhimov_blog