Get Mystery Box with random crypto!

Xotirjam emassiz O’ylaganingizdek gapirmaysiz. Gapirganingiz | Aziz Rahimov

Xotirjam emassiz

O’ylaganingizdek gapirmaysiz.

Gapirganingizni qilmaysiz.

Qilganingizni oqibatlariga turib bermaysiz.

Yana nega xotirjamlik kutasiz?

Xotirjamlik = xavotirdan xolislik degani.

Xavotir olasiz, chunki bilasiz:

Yoki gapingiz, yoki harakatingiz, yoki sabringiz pand berib qo’yadi.

Xotirjamlik qidirmang.

O’ylaringiz, gapingiz, harakatlaringiz orasida moslik (integrity) qidiring.

@azizrakhimov_blog