2021-12-17 23:33:59
Shunga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida
6 081 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda
6 743 ta yoki
110,9 foiz qilib ortig‘i bilan bajarildi.
(Shundan Davlatobod tumanida
1 821 ta yangi ish o‘rinlari rejasi amalda
2 089 taga bajarildi
114,7 foiz)Shu bilan birga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamg‘armalari hisobidan jami
3,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
(Shundan Davlatobod tumaniga 483,7 mln so‘m)Jumladan:
2 667 nafar ishsiz fuqarolar Jamoat ishlariga jalb qilinib,
2,3 mlrd so‘m to‘lab berildi,
1 947 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitilib, ushbu maqsad uchun
701,0 mln so‘m sarflandi hamda
365 nafar ishsizlarga
642,6 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan
“Tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni kamaytirish choralari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlaganlaridek
«Xalqimizga baliq emas, qarmoq berishimiz kerak». Shu ma’noda ishsizlikni kamaytirishga yangicha yondashuvlar qilinyapti.
“Ishga marhamat” monomarkazida
24 dan ortiq zamonaviy yangi kasb yo‘nalishlarini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.
Mehnat migrasiyasidan qaytganlar, yoshlar, xotin-qizlarga qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitilmoqda.
Hurmatli deputatlar!
(byudjet daromadlari)
Joriy yilda Namangan shahriga hududiy soliq to‘lovchilar bo‘yicha byudjet daromadi prognozi
785,0 mlrd so‘m belgilangan bo‘lib, amalda
808,0 mlrd so‘mga (103,0 foiz) bajarilmoqda.
Yil yakuniga qadar
830,0 mlrd so‘m, soliq tushumlari tushirilib, rejani
45,0 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarilishiga erishiladi.
Sir emas, bugun ayrim korxona, tashkilot, muassasalarda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarga mehnat daftarchalari yuritilmagani, ularga konvert usulida ish haqi to‘lanib kelinayotganligi ham bor haqiqat.
Namangan shahar hokimi
MATBUOT KOTIBI
341 views20:33