Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu tadbirkorlik sub’yektlarining 2 590 tasi sanoat 723 tasi | Namangan shahar hokimligi | rasmiy kanali

Ushbu tadbirkorlik sub’yektlarining 2 590 tasi sanoat 723 tasi qurilish, 283 tasi qishloq xo‘jaligida, 3 137 tasi savdo va 1527 tasi turli xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar hamda 1 676 tasi boshqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, aholi turmush farovonligi darajasini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida 7 353 nafar fuqaro va tadbirkorlarimizga 141,4 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratib berildi.

O‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘p. Xususan, - “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida
6 262 nafar fuqaro va tadbirkorlarga 114,8 mlrd so‘m;
- Hunarmandchilik jamg‘armasi hisobidan 60 nafar hunarmandga 1,2 mlrd. so‘m;
- 571 nafar yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga 19,4 mlrd so‘m;
- Xotin qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 380 nafar ayollarga 4,3 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Qadrli hamshaharlar!
(Aholi bandligini ta’minlash)
Bugungi kunda aholining ish bilan bandligini ta’minlash muammosi jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega.

Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Aholi bandligini oshirish maqsadida aholining real pul daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va daromadlar bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish” asosiy vazifa sifatida belgilangan.




Namangan shahar hokimi
MATBUOT KOTIBI