Get Mystery Box with random crypto!

Shunga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 6 081 ta doi | Namangan shahar hokimligi | rasmiy kanali

Shunga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 6 081 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 6 743 ta yoki 110,9 foiz qilib ortig‘i bilan bajarildi.

(Shundan Davlatobod tumanida 1 821 ta yangi ish o‘rinlari rejasi amalda 2 089 taga bajarildi
114,7 foiz)

Shu bilan birga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamg‘armalari hisobidan jami 3,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. (Shundan Davlatobod tumaniga 483,7 mln so‘m)

Jumladan:
2 667 nafar ishsiz fuqarolar Jamoat ishlariga jalb qilinib, 2,3 mlrd so‘m to‘lab berildi, 1 947 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitilib, ushbu maqsad uchun 701,0 mln so‘m sarflandi hamda 365 nafar ishsizlarga 642,6 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan “Tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni kamaytirish choralari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlaganlaridek «Xalqimizga baliq emas, qarmoq berishimiz kerak». Shu ma’noda ishsizlikni kamaytirishga yangicha yondashuvlar qilinyapti.

“Ishga marhamat” monomarkazida 24 dan ortiq zamonaviy yangi kasb yo‘nalishlarini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.

Mehnat migrasiyasidan qaytganlar, yoshlar, xotin-qizlarga qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Hurmatli deputatlar!
(byudjet daromadlari)
Joriy yilda Namangan shahriga hududiy soliq to‘lovchilar bo‘yicha byudjet daromadi prognozi 785,0 mlrd so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 808,0 mlrd so‘mga (103,0 foiz) bajarilmoqda.

Yil yakuniga qadar 830,0 mlrd so‘m, soliq tushumlari tushirilib, rejani 45,0 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarilishiga erishiladi.

Sir emas, bugun ayrim korxona, tashkilot, muassasalarda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarga mehnat daftarchalari yuritilmagani, ularga konvert usulida ish haqi to‘lanib kelinayotganligi ham bor haqiqat.




Namangan shahar hokimi
MATBUOT KOTIBI