Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 14

2023-04-17 19:25:02
Andijon viloyati Xonobod shahrida hokimlik xodimi pichoqlangani aytilmoqda

Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Amalda.uz Telegram kanali
1.7K viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2023-04-17 15:30:55
Sanʼatkorni “Xafa boʻlish yoʻq” koʻrsatuviga chiqarish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi. (Manba: Bukun)

Amalda.uz Telegram kanali
2.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 15:05:24
O‘zbekistonda Hayit sanasi 20-aprelda e’lon qilinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, hozirda ulamolar oyning holatini kuzatib boryapti. Ramazon hayitining sanasi kuzatuv ma’lumotlari asosida 20-aprelda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
2.0K viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:50:25
Namanganda 4 mlrd soʻmdan ortiq gaz talon-toroj qilindi

Namangan shahri Davlatobod tumanida gaz taʼminotiga noqonuniy ulanib, 4 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazgan ohak ishlab chiqaruvchi korxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” xabar berdi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar maʼmuriy tarzda chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan

Amalda.uz Telegram kanali
81 views11:50
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:30:33
Andijonda xotinini yoqib yuborgan erkakka hukm oʻqildi

U xotinining ustiga “razbavitel” (boʻyoq suyultirgich) quyib, uxlayotgan payt yoqib yuborgan. Ayol uygʻonib, qochib oʻziga suv sepib olovni oʻchirmoqchi boʻlgan, ammo vaxshiy er yana ustiga moy sepgan.

Fuqaroga nisbatan uzil-kesil oʻtash uchun 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Amalda.uz Telegram kanali
284 views11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:15:26
Rossiyada 13 yoshli qizni zoʻrlagan oʻzbekistonlik qoʻlga tushdi

Leningrad viloyatida voyaga yetmagan qizni zoʻrlaganlikda gumon qilinib oʻzbekistonlik migrant qoʻlga olindi. Bu haqda “78.ru” sayti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, politsiyaga 42 yoshli ayol murojaat qilgan. U 14-aprel kuni kechqurun Pervomayskoye qishlogʻining Sovetskaya koʻchasidagi uylardan birining atrofida nomaʼlum shaxs uning 12 yoshli qizini kaltaklagani va jinsiy tajovuz qilgani haqida xabar bergan.

Mamlakat Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qidiruv olib borilib, jinoyat sodir etishda gumonlangan 24 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi hibsxonasida saqlanmoqda.

Aytilishicha, jabrlanuvchining ahvoli qoniqarli holatda. U yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va badandagi bir qator koʻkarishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
403 views11:15
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:50:26
Andijonda obodonlashtirishda ishlaydigan ikki ayol kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida obodonlashtirish boʻlimining ikki nafar xodimi tadbirkor tomonidan doʻpposlangani haqida xabar tarqaldi.

Unda aytilishicha, 14-aprel kuni soat 14:00 larda “Yangisor” mahallasida joylashgan tadbirkorning savdo doʻkoni oldidagi xonaga tuman Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari dam olishgan kelishgan. Oʻzaro kelib chiqqan janjal oqibatida tadbirkor ayollarni kaltaklagan.

Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, hodisa roʻy bergan kunning oʻzida ayollar bilan muloqot olib borilgan. Ularga ruhiy, psixologik yordamlar koʻrsatilgan hamda shu kunning oʻzida Asaka tumani ichki ishlar boʻlimiga xabar berilgan.

Hozirda oʻrganish va ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
524 views10:50
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:22:13
Qirg‘izistonda Ramazon Hayiti 21-aprel kuni etib belgilandi

Amalda.uz Telegram kanali
622 viewsedited  10:22
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:53:47
Moskvada “Palov markazi” kafesi yonib ketdi. Yong‘in maydoni 600 kvadrat metrga yetgan.

Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Amalda.uz Telegram kanali
755 views09:53
Ochish/sharhlash
2023-04-17 10:00:39
Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

22-aprel — shanba;
23-aprel — yakshanba;
24-aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni bo'ladi.

Amalda.uz Telegram kanali
1.4K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash