Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘ona tumanida 9 nafar ayolga noqonuniy diniy taʼlim berib | Amalda.uz

Farg‘ona tumanida 9 nafar ayolga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgan ayol jarimaga tortildi.

Xabarga ko‘ra, holat Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TEQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Ushbu tumanning “Mindon” mahallasi hududida M.F ismli ayol 2023-yilning fevral oyidan buyon 9 nafar ayollarga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgani maʼlum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, M.F ismli ayolga nisbatan JIB Farg‘ona shahar sudi tomonidan jarima jazosi tayinlandi.

Amalda.uz Telegram kanali