Get Mystery Box with random crypto!

Tezkor SSV: Mamlakatimizda oʻquv jarayonlari anʼanaviy shaklg | Alisher Sadullaev

Tezkor

SSV: Mamlakatimizda oʻquv jarayonlari anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda.

Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga koʻra bu koʻrsatkich 1,0 gacha boʻlsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Shuningdek, statsionardan chiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 % holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7 % holatda bemor koʻshnilari, 10-12 % holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda.

Tahlillariga koʻra, bogʻcha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar oʻrtasida kasallanish, uy qaramogʻidagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5-marta) kam uchramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu jihatlar inobatga olinib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumtaʼlim maktablari, professional, kasb-hunar taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@alisher_sadullaev