Get Mystery Box with random crypto!

​​Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qop | Alisher Sadullaev

​​Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi — yoshlar uchun #yettinchiimkoniyat

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarning «Yoshlar daftari»ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab berilishi belgilangan.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar Yoshlar ishlari agentligining tegishli hududiy bo‘limiga murojaat qilishlari yoki https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungacha mazkur imkoniyatdan 3 191 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Toshkent shahriga (513 nafar), Samarqand viloyatiga (351 nafar) va Andijon viloyatlariga (288 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Buning ortidan ham ko‘p oilalar davlatning yordamini his qilishiga ishonamiz. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi?

@alisher_sadullaev