Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun har oy 2 mln so‘mdan to'lanadigan yangi stipen | Abituriyent OFF | Rasmiy

Talabalar uchun har oy 2 mln so‘mdan to'lanadigan yangi stipendiya joriy etildi

Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023 yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi. 

Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy