Get Mystery Box with random crypto!

O'qishdan yiqilgan 6,5 ming qoraqalpog‘istonlik abituriyent ta | Abituriyent OFF | Rasmiy

O'qishdan yiqilgan 6,5 ming qoraqalpog‘istonlik abituriyent talaba bo'ldi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha 3 mingta kvota, shuningdek to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 6,5 mingta kvota ajratilishi belgilangan edi.

Joriy yilgi o‘quv yili uchun ushbu kvotalar taqsimoti oxiriga yetkazildi.

Bunda eng avvalo Qoraqalpog‘iston hududlari hamda yo‘nalishlar kesimidagi mavjud ehtiyojga asosan to‘plagan balining yuqoriligi bo‘yicha ketma-ketlikda 3 mingta grant o‘rinlari ajratib olindi.

Ya‘ni yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan o‘qishdan yiqilgan abituriyentlar grantga o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, o‘qishdan yiqilgan 6,5 ming nafar abituriyent to‘plagan balining ketma-ketligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilindi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy