Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.42K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 61

2023-08-10 20:26:57
Qoidalar har qanday jamiyatda bor va jamiyatda yashovchi insonlar u qoidalarga amal qilishga majbur. Chunki bu jamiyat tirik qolishi uchun kerak bo'lgan asosiy faktor hisoblanadi. Aynan shu uchun qonun buzgan insonlar jamiyat tomonidan jazolanadi.

Ammo, insonning o'zi, o'zi uchun yaratgan qoidalar-chi? Nega ular hurmat qilinmaydi?
O'zingizga va’da berib va va’dangizning ustidan chiqmasligingiz sizga jazosiz qolish hissini beradi. Aslida siz qoidalarni emas, balki o'zingizni hurmat qilmayapsiz.

Yutuqlarga erishgan har qanday odamlar, hayotini sezilarli qismini o'zlari uchun yaratgan ma'lum bir qoidalarga amal qilib yashashgan. Hayotingizda qoidalar borligi, hayotingizni tartibga soladi va uni yengillashtiradi.

Agar bu qisqa videoni ko'rmagan bo'lsangiz, hoziroq ko'rishingizni tavsiya qilaman.

https://youtube.com/shorts/f1csLVMX3RU?feature=share
32.4K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2023-07-12 20:01:43
Har bir erkak hayotining bir bosqichida, o‘z atrofidagilar hayotining sifati uchun ma’suliyat olish kerak bo‘ladigan vaqt keladi.

Aynan siz qabul qiladigan qarorlar sizning yaqinlaringiz farovon hayot kechirishiga bog‘liq. Bu vaqtda esa ma’suliyat sizni ezishni boshlaydi. U shunchalik kuchli bo‘ladiki, natijada siz o‘zingizni ba’zida kuchsiz his qila boshlaysiz.

Ammo aynan shu yerda erkak, erkaklik tabiatini kashf qiladi. Bosim uning tabiatini ko‘proq va kuchliroq ochilishiga yordam beradi.

Mas’uliyat erkakka aylanishning yagona yo‘li!

@abdusattor
72.4K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2023-07-01 19:37:40
Trendlar biz uchun mutloq muhim bo’lmagan narsalarni, muhim qilib ishontiradi.

Tonirovkali qora mashina, Fransiyadan keltirilgan parfyum, avtomat darvozali ikki qavatli uy, baland osmono'par bino ostidagi fotosuratlar. Bularning barchasi yo'qolib qolgan odam uchun illuziya va maqsadlar yaratadi.

Inson esa bu maqsadlar ortidan yuguradi. Qaysidirlariga erishadi va darhol illuziya u uchun yangi maqsadlar aniqlab beradi. Birinchi Gentra, keyin esa Mersedes Benz.

Shu bilan yosh qirqqa yaqinlashganda, u boshqa birovning yugurish marofinida qatnashganligini va marafon tashkilotchilari aslida yugurishda ishtirok ham etmaganligini tushinib yetadi.

Vaqt esa o'tkazib yuborildi, onasi qarib, farzandlari ulg'ayganini va maqsadlar aslida boshqacha ekanligini anglay boshlaydi.

O’z hayotingizni yashang. Maqsadlarni saralab olish, maqsadlar qo’yishdan muhim.

@abdusattor
105.1K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2023-06-29 18:59:56 Internet gigiyenasi.

Hissiyotlar arg’imchog’i. Sun’iy chalg’ish.

@abdusattor
159.7K views15:59
Ochish/sharhlash
2023-06-22 18:23:45
Bugun sizlarga “MAQSAD” loyihamizning uzoq kutilgan ikkinchi sonini taqdim etamiz

Ko’plab odamlar intizom deganda faqatgina o’zini majburlash deb o’ylashadi. Ammo intizomga kundalik odatlarimiz ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu videoda siz bevosita intizomingiz va shaxsiy samaradorligingizga ta’sir qiluvchi eng asosiy narsalardan bir bo’lgan arzon dofamin haqida ma’lumot olasiz. Tushkunlik, kayfiyatning tez-tez o’zgarishi va dofamin quliga aylanishingizning asosiy sababchisi esa bu SHAKAR.

Video davomida siz “Shakarsiz 30 kun!” chellenjim qanday o’tganligi va uning natijasida qanday o’zgarishlarga erishganimni ham ko’rishingiz mumkin.

Shakar ommaviy narkotik:


146.8K views15:23
Ochish/sharhlash
2023-06-17 16:06:23
Ba'zan boshqa odamning muammolarini hal qilish orqali biz uning hayotini yanada yomonlashtiramiz.
Men odamlarning shaxsiy hayot yo'lini mustaqil ravishda o'tishiga to'sqinlik qilmasligim kerak. Men uchun bu jinoyatga teng.

U inson sifatida yaxshilanmaydi, ma'naviy yuksalmaydi va butun hayoti boshqalarning yordamiga bog'liq bo'ladi.

Ha, ba'zida kimdirdan maslahat so'rash mumkin, lekin odam o'z savollariga mustaqil ravishda javob topa olmaganidan keyin.
Odatda esa, "Men internetda savolimga javobni topolmadim, chunki u yerda judayam ko'p ma'lumotlar bor. Yaxshisi, siz vaqtingizni sarflab, menga tayyor ma'lumotni topib bering"

Va buni faqat tanqidiy fikrlashga ega bo'lmagan odam aytishi mumkin.
Bugungi kunda inson hozirgi voqealikka moslashishi va hech bo'lmaganda ma'lumot izlash kabi muhim ko'nikmalarni o'rganishi kerak.

"Mas'uliyatni birovga yuklash sindromi" dardiga chalingan odamlarga, yetuk bo'lib, o'z hayoti uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi haqida kichik eslatma.

@abdusattor
85.3K views13:06
Ochish/sharhlash
2023-06-06 14:41:02 Hayotga turlicha qarash va yechimlarni ko’rolmaslik.

@abdusattor
85.6K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-06-04 18:41:06
Men boshqalarni ayblashning foydasi yo'qligini va hayotingiz uchun shaxsiy javobgarlikni qabul qilishingiz kerakligini aytganimdan keyin. Menga nisbatan nafratga to'la ba'zi xabarlarni qabul qila boshladim. Men ularning his-tuyg'ulariga shunchalik tegib ketdimki, ular chidab turolmadi. Chunki so'zlarim bilan ulardan boshqa hamma aybdor bo'lgan qulay dunyosini xavf ostiga qo'ydim. Ular hech qachon o'z xatolarini tan olish uchun kuch topa olmaydilar, ular biror narsani o'zgartirishga ojizdirlar. Ularning qo'lidan yangiliklarni o'qish va atrofdagi hamma narsa yomonligini muhokama qilish keladi. Ularda biror narsani o'zgartirish uchun na bilim va na xohish bor. Men ular yashayotgan botqoqda yashashdan bosh tortaman. Ular iflos barmoqlari bilan xohlagan narsalarini yozishlari mumkin ammo oxir-oqibat natija hamma narsani ko’rsatadi.

@abdusattor
85.2K views15:41
Ochish/sharhlash
2023-05-30 14:37:53
Nimadirni o'zgartirish uchun yangicha fikrlashni kashf etish kerak.

Uzoq vaqtdan beri tanish bo'lgan fikrlar va his-tuyg'ular bizni o'zgarmas holatda ushlab turadi va ular eski hayotingizda hech narsa o’zgarmasligiga kafolat beradi.

Shunday qilib, agar siz haqiqatdan biror narsani o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, siz eski narsalarga yangi tarafdan qarashingiz, his qilishingiz va harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Voqealarga odatiy reaksiya bildirishdan voz keching.
Yangi natija uchun siz boshqa odamga aylanishga majbursiz.

Sizga yangi ruhiy holat va yangi natijalar haqida yangicha fikrlash qobiliyati kerak.

@abdusattor
76.4K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-05-25 12:45:57
Hayotda shu daraxtga o’xshash odamlar bor. Ular hayot adolatli emas deb nolimaydi, boshqalarni ayblamaydi va tashqaridan yordam kutmaydi.

Ular nima bo'lishidan qat'iy nazar o’sishda davom etishadi.

@abdusattor
104.9K views09:45
Ochish/sharhlash