Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan boshqa odamning muammolarini hal qilish orqali biz unin | Abdusattor

Ba'zan boshqa odamning muammolarini hal qilish orqali biz uning hayotini yanada yomonlashtiramiz.
Men odamlarning shaxsiy hayot yo'lini mustaqil ravishda o'tishiga to'sqinlik qilmasligim kerak. Men uchun bu jinoyatga teng.

U inson sifatida yaxshilanmaydi, ma'naviy yuksalmaydi va butun hayoti boshqalarning yordamiga bog'liq bo'ladi.

Ha, ba'zida kimdirdan maslahat so'rash mumkin, lekin odam o'z savollariga mustaqil ravishda javob topa olmaganidan keyin.
Odatda esa, "Men internetda savolimga javobni topolmadim, chunki u yerda judayam ko'p ma'lumotlar bor. Yaxshisi, siz vaqtingizni sarflab, menga tayyor ma'lumotni topib bering"

Va buni faqat tanqidiy fikrlashga ega bo'lmagan odam aytishi mumkin.
Bugungi kunda inson hozirgi voqealikka moslashishi va hech bo'lmaganda ma'lumot izlash kabi muhim ko'nikmalarni o'rganishi kerak.

"Mas'uliyatni birovga yuklash sindromi" dardiga chalingan odamlarga, yetuk bo'lib, o'z hayoti uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi haqida kichik eslatma.

@abdusattor