Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 46.00K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 60

2023-11-19 19:06:58 Uyda o‘tirib pul topadiganlarga kelsak, bu yerda @dizipro o‘quv markazimizdagi 3D modeling kursining reklamasi bo‘lishi mumkin edi. Lekin o‘quv markazimizga reklama narxi to‘g‘ri kelmadi
21.8K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-11-19 16:17:30
16 yoshli bola uyda o‘tirib, onlayn 1000$ ishlab topganida, 40 yoshli erkak 300$ dollar evaziga zavodga ishga boradi.

Bu dunyoda adolat bormi?

Yo‘q. Biri o‘zgaruvchan dunyoga moslashib oldi, ikkinchisi eskirgan dunyoqarashida yashashni davom ettirdi. Haqiqat shundaki, dunyo uyda o‘tirib “oson” pul topganga ham, zavodda beli bukilib ishlaganga ham muhtoj.

Zavodda ishlaydigan odam jamiyatga ko‘proq foyda olib keladi deyishingiz mumkin, lekin uning oyligini men emas, mehnat bozori belgilaydi.

Shu uchun sizlar bilan kelishib olaylik. Dunyoda adolat yo‘q va biz buni qancha vaqtliroq tan olsak, shuncha yaxshi bo‘ladi.

@abdusattor
30.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-10-23 17:46:04
Siz bir ishni qanday bajarishingiz, hayotingizdagi qolgan barcha ishlarni qanday bajarishingizni ko‘rsatadi.

Sizning uyingiz qanday holatdaligi sizning hayotingizdagi boshqa narsalar qanday ketayotganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsionaldir. Shaxsiy gigiyenaga e'tibor bermaydigan odamni, kundalik hayoti ham e'tiborsiz bo‘ladi.

Ertalab nimani va qanday tartibda qilishingiz kunning qolgan qismini qanday kayfiyatda o‘tkazishingizga ta'sir qiladi .
Iste’mol qilayotgan kontentingiz, ruhiy holatingizning aksidir.

Kundalik hayotingizning barcha detallari juda ham muhim.

@abdusattor
22.4K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-10-21 16:37:48
So‘z qadri

Agar insonni gapiradigan gapi bo‘lmasa, u sukut saqlashi afzalroq. Omma bilan bo‘lishadigan fikr majburlikdan emas, balki xohish bilan kelishi kerak. Shundagina uni qadri bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritaman deb, inson o‘zi bilmagan holda atrofni keraksiz shovqin bilan to‘ldiradi.

Fikrlar qadrsizlanishi esa sizning jamiyatdagi ta'siringizni kuchsizlantiradi.

@abdusattor
18.8K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-09-29 19:30:26 Yangiliklar sizni hissiy nogiron qiladi.

Ma’lumotlar shovqini. Negativ fikrlash. Diqqat jamlolmaslik.

@abdusattor
29.1K views16:30
Ochish/sharhlash
2023-09-28 16:22:46 Yangiliklar sizni hissiy nogiron qiladi.

Agarda siz stabil kayfiyatli inson bo‘lish niyatida bo'lsangiz, 99.9% yangiliklardan voz kechishga majbursiz.

Sizning asosiy vazifangiz negativ va hayotingizga ta'sir qilmaydigan har qanday yangiliklardan voz kechishdir. Ularga qiziqmaslik, tashvishlanmaslik va ularni muhokama qilmaslik muhim.

Bu ma'lumotlar shovqinidan qochishning yagona yo'li. Ertaga bu mavzuda podkast qo‘yaman.

@abdusattor
30.6K viewsedited  13:22
Ochish/sharhlash
2023-09-25 18:18:37
Donolik — ulkan sabr-toqat mahsulidan boshqa narsa emas. (Buffon Jorj Lui)

Inson bu gap ma’nosini uzoq yillar davomida tushunadi. O‘zingiz tanlagan yo‘lga sodiq qolib, barcha qiyinchiliklarni sokin ruhiyat bilan yengib o‘tkazganingizdan keyingina mukofotlanasiz.

Nima qilishingizdan qat’i nazar, hayotingizdagi barcha muhim narsalar yillar davomida quriladi.

Mukofotingizni kuting.

@abdusattor
21.3K views15:18
Ochish/sharhlash
2023-09-20 17:02:58 Samaradorlikni oshirishning eng oson yo‘li. Bu usul intizomning ilk bosqichi hisoblanadi.

@abdusattor
34.4K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-09-18 11:46:04
Agar sizda reja bo‘lmasa, siz tashqi faktorlar qurboniga aylanasiz.

Xaos reja yo‘qligidan kelib chiqadi. Rejasiz yashaydigan odamlar xuddi okeanda maqsadsiz suzib yuradigan kemalarga o‘xshashadi. Ular boradigan manzilni o‘zlari emas, balki shamol hal qiladi.

Shuning uchun, bu haftani rejalashtirib, har bir kuningiz yakunida siz nimalar qilishni xohlashingizni aniqlab oling.

Realist bo‘ling. Natija uchun kerak bo‘lgan eng minimal vazifalarni bajarishdan boshlang.

1 kun = 1 ta bajarilishi kerak bo‘lgan eng muxim vazifa.

@abdusattor
26.4K views08:46
Ochish/sharhlash
2023-09-14 18:34:58
Depressiyaga faqat bir joyda qotib qolganlar chalinadi.

Oyoqlari ostidagi yerni bor vujudi bilan his qila oladigan odamlarda depressiya bo‘lishi mumkin emas.

Depressiv fikrlar dangasa odamlarga xos. Agar siz o‘zingizni band qilishni bilmasangiz, u holda miyangiz "sizni band qiladi".

Siz hayotda aql bovar qilmas darajada hissiy belanchaklarni boshdan kechirishingiz mumkin lekin men ishonch bilan ayta olamanki, har qanday vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — o‘z ustingizda ishlashdir.

Aslida siz nimani yoqtirmasligingizni va hayotda nimalar sizga noqulaylik tug‘dirishini juda yaxshi bilasiz. Ammo tushkunlikka tushishga qaror qilib (ha, aynan bunga o‘zingiz qaror qilasiz), his-tuyg‘ularingiz oldida kuchsizligingizni tan olasiz va hayotingiz mas’uliyatini ularga topshirib qo‘yasiz.

Mas’uliyatdan bosh tortdingizmi, demak siz depressiyaga loyiqsiz.

@abdusattor
20.9K views15:34
Ochish/sharhlash