Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.42K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 62

2023-05-19 18:08:57
Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz. 

Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz aynan erkaklarga bag‘ishlanadi.

Atrofidagi imkoniyatlarni ko‘rolmasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan avlod qaror qabul qilolmay, ikkilanib qatʼiyatsizlik bilan yashamoqda.

Nega hozirgi kunning erkaklari kuchsiz bo‘lib qolgan? 

Qiziq, bu avval ham shundaymidi? Agar bizning davrimizga kelib shunday bo‘lgan bo‘lsa, buning sababi nimada?

Yuqoridagi savollarga javob YouTube kanalimizda:

160.5K viewsedited  15:08
Ochish/sharhlash
2023-05-15 16:10:06 Noliydigan jamiyat va uning dunyoqarashi.

@abdusattor
240.3K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-05-09 20:36:03
Sizning hayotingizga nima ta'sir qiladi?

Har bir insonning o'ziga xos dunyo qarashi bor.

Shunday qilib, odam o'zini biron bir narsaga loyiq emas deb hisoblasa, u rostdan ham shunday bo'ladi.

Agar siz muammolaringizni diqqat bilan tahlil qilsangiz, ularning asl ildizi sizning fikrlaringiz va dunyo qarashingizda ekanligini ko’rishingiz mumkin.

@abdusattor
80.5K views17:36
Ochish/sharhlash
2023-04-30 18:10:25
Oxirgi gaplarim ba'zi odamlarni ranjitganga o'xshaydi. Siz xohlaganingizcha o'ylashingiz mumkin, lekin bir narsani unutmang, dunyo sizning orzu-umidlaringizni qondirish uchun yaratilmagan.

@abdusattor
67.2K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:41:06
Qullar qaror qabul qilmaydi!

Ozod insonning asosiy belgisi bu mustaqil qaror qabul qila olish va u qaror ortidan keladigan barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishdir. Qaror qabul qila olmaydigan insonlarni qullardan hech qanday farqi yo'q, chunki ularning hayotini boshqalar hal qiladi. Kuchsiz odamlarga esa qullikning o'ziga yarasha foydali taraflari bor va bu mas'uliyat yo'qligi. Unday odamlar mas’uliyat olmaslik uchun qullikka ham tayyor bo'lishadi. Siz qul emasmisiz? Demak mustaqil qaror qabul qilishingiz va mas'uliyatni o’z yelkangizga olishingiz kerak. Yelkangiz juda kichik bo'lsa ham.

Tarixdan xalqlar o'z mustaqilligi uchun qon to'kishgan va bilingki sizning ozodligingiz ham o'zidan-o’zi kelib qolmagan. Ozodligingizni yengil xarakter bilan yo’qotib qo'ymang.

@abdusattor
107.0K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:20:27 Erkaklikka qarshi urush

Dard propagandasi, yetishilmagan sevgi va erkaklar maqsadi.

@abdusattor
294.1K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2022-11-17 09:24:01
Shukur qilish va rozi bo’lmaslik

Men ko’p hollarda shunaqa fikrga duch kelaman: odamlar shukur qilish deganda hech qanday harakat qilmasdan, rivojlanmasdan faqatgina bor narsalarga qanoat qilib o’tirishni tushunishadi. Agar siz o’z holatingizdan norozi bo’lsangiz va uni o’zgartirishga harakat qilsangiz buni noshukurlik deb bilishadi.

Men Chirchiqdan Toshkentga avtobusda qatnashga rozi bo’lmaganman! Atrofimdagi insonlardek 800 ming so’mlik oylik olishga rozi bo’lmaganman! Har oy kimningdir qo’lida arzimas oylik uchun ishlashga rozi bo’lmaganman! Kelajakda farzandlarim qiyin sharoitlarda katta bo’lishlariga rozi bo’lmaganman! Shu sababli hayotimni o’zgartirish uchun bor kuchim bilan harakat qilganman. Allohga shukurki, menga kutganimdan ham ziyodasi nasib etdi. Agar men o’sha vaqtda o’zimdagi bor narsaga “shukur” qilib harakat qilmasdan yuraverganimda bu kunlarga kelmas edim balki. Hozir ham men bundan ko’prog’iga loyiqman deb bilaman va Alloh nasib qilsa yana rivojlanishda davom etaman.

Zerikarli ishga, zerikarli muhitga va zerikarli mavjudlikga rozi bo'lmang, hayot bunday bo'lmasligi kerak, asosiysi bunga rozi bo'lmaslik va doim izlanishda, harakatda bo’lishdir.

@abdusattor
99.9K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2022-11-09 14:11:30 Imkoniyat yo’qligi, harakat qilmaslik uchun bahona bo’la oladimi?

@abdusattor
119.9K views11:11
Ochish/sharhlash