Get Mystery Box with random crypto!

Men boshqalarni ayblashning foydasi yo'qligini va hayotingiz u | Abdusattor

Men boshqalarni ayblashning foydasi yo'qligini va hayotingiz uchun shaxsiy javobgarlikni qabul qilishingiz kerakligini aytganimdan keyin. Menga nisbatan nafratga to'la ba'zi xabarlarni qabul qila boshladim. Men ularning his-tuyg'ulariga shunchalik tegib ketdimki, ular chidab turolmadi. Chunki so'zlarim bilan ulardan boshqa hamma aybdor bo'lgan qulay dunyosini xavf ostiga qo'ydim. Ular hech qachon o'z xatolarini tan olish uchun kuch topa olmaydilar, ular biror narsani o'zgartirishga ojizdirlar. Ularning qo'lidan yangiliklarni o'qish va atrofdagi hamma narsa yomonligini muhokama qilish keladi. Ularda biror narsani o'zgartirish uchun na bilim va na xohish bor. Men ular yashayotgan botqoqda yashashdan bosh tortaman. Ular iflos barmoqlari bilan xohlagan narsalarini yozishlari mumkin ammo oxir-oqibat natija hamma narsani ko’rsatadi.

@abdusattor