Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45.65K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 58

2021-08-13 14:16:15
Illustrator va Photoshop.

― Bu ikki dastur haqida @abdusattor va @ITMavzu kanalimda ham 100 ga yaqin postlar joylaganmiz. Va albatta ularning ko'p qismi foydali bo'lgan.

― O'ylab qarasam, ushbu darsliklarni o'rganib, sifatli video darsliklar tayyorlab sotish haqida post yozmagan ekanman. Mana endi yozdim!

― O'zbek auditoriyasida bu ikki dastur haqida sifatli video darslik juda kam. Siz ushbu ikki dasturni o'rganib, shunday sifatli va professional darajada darslik tayyorlangki, uni ko'rganlarning eng kamida yarim qismi sotib olsin :).

P.S: Siz sotadigan video darslik eng kami 50 qismdan iborat bo'lsin va uning narxi iloji boricha 25$ dan oshmasin. Bu ko'pchilik uchun minimal hisoblanadi.

@abdusattor
16.6K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-08-13 09:18:25
Fiverr.com ― Eng katta frilans platforma.

Fiverr.com frilans platformasi haqida juda ko'p frilanserlar bilsa kerak. Bu saytda siz dizayn va animatsiya, video va musiqa, biznes va marketing, reklama, dasturlash, illustrator va shu kabi frilans uchun qulay sohalarda o'z ishlaringizni sotishingiz mumkin.

Bu saytning eng yaxshi taraflaridan biri yuqori narx to'lashining va sizning nomingizdan o'zi xizmat ko'rsatishi hisoblanadi. Agar siz astoyidil bo'lsangiz, 5 xonali sonlarda pul topishingiz mumkin.

― Men bu platformaning Dizayn va Illustrator bo'limlarida faoliyat yuritishingiz tavsiya qilaman. Chunki ushbu bo'limlar talablar unchalik kuchli emas va xizmat haqqi ham juda yaxshi ekan.

― Ha aytgancha, sayt bilan birga ishlash uchun eng yaxshi ishlaringizni yuborishingiz kerak. Aks holda, sayt siz bilan ishlashdan bosh tortishi mumkin.

@abdusattor
18.6K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-08-11 17:00:15
Dasturlashni online o'rganish uchun eng yaxshi saytlar manzili.

1. www.thenewboston.com ― Sayt orqali siz dasturlashni video darslar yordamida o'rganasiz va ular quyidagi texnologiyalardan iborat: C, C++, Java, HTML, JavaScript. Har bir texnologiya darsligi o'rtacha 50 qism va har bir dars 5-15 daqiqa atrofida.

2. www.wibit.net ― Sayt orqali siz C, C++, C#, Java, Python kabi texnologiyalarni o'rganasiz. Ushbu sayt asosan yangi va dasturlashda tajribasi kam bo'lganlar uchun juda qulay hisoblanadi.

3. www.w3schools.com ― Sayt orqali HTML, JavaScript, PHP, CSS texnologiyalarini o'rganashingiz mumkin. Bu sayt boshqa saytlarga nisbatan ancha qiziq va o'zgacha sayt. Bu saytda yangi Dasturchilar juda ko'p va ular dasturlash olamida yangilardan desam ham bo'ladi.

@abdusattor
22.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-08-11 10:06:09
Sariq Mikrofon YouTube loyihasi oyiga barqaror YouTubedan 100 $ daromadga chiqdi

2 oy oldin boshlangan loyiha:

19 000 obunachi — YouTube
37 000 obunachi — TikTok

Google reklamadan tashqari real reklamadan 1200$ daromad topilgan.

Ushbu sohadagi bilimingizni oshirish uchun @MediaRivoj
22.5K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2021-08-11 08:10:45
Ijtimoiy tarmoq sahifalarda obunachilarni pul sarflamasdan koʻpaytirish

— Bu gʻalati eshitilar ammo buning imkoni bor. Bunda sizga TikTok platformasi yaqindan yordam beradi.

Bu uchun:
TikTokda oʻzgacha idea asosida kontent joylashni boshlang;
Kontentlaringiz ichida shundaylari boʻlsinki, obunachilarni koʻzlangan ijtimoiy tarmoqlarga yoʻnaltira olsin.

— TikTokning rus segmentida ushbu platforma orqali Telegram kanali va Instagramida 200ming obunachi toʻplay olganlar juda koʻp. Shaxsan o'zim platformadagi bir video orqali, 2 kun davomida Telegramdagi blogimga 12ming nafar obunachi toʻplaganman.

Ushbu sohadagi bilimingizni oshirish uchun @MediaRivoj
22.1K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2021-08-10 21:56:54 Shaxsiy brendni rivojlantirish va Mediani biznesdagi o‘rni haqida onlayn kurs.

Abdusattor Abdurahimov

Hammasi 100% tarjiba! Mediaga, onlayn biznes va ijtimoiy tarmoqlar reklamasiga 1 yil ichida 70 000 $ dan ko‘p pul sarf qilganmiz. Kursda noldan hozirgi kungacha katta yutuqlar va katta qurbonliklar haqida gaplashamiz.

Batafsil @MediaRivoj
22.0K viewsedited  18:56
Ochish/sharhlash
2021-08-10 19:45:03
www.cgtrader.com ― Eng yaxshi frilans saytlardan biri!

Ushbu sayt 3D model ishlariga eng ko'p haq to'laydigan saytlar biri hisoblanib, sizning ishingizga 70 foiz ajratadi. Shuningdek sizning ishingiz sifatli va didli bo'lsa, unga yuqori narx ham qo'yadi. Ya'ni sizning qaysidir ishingizga boshqa saytlarda 3$ narx qo'yilsa, bu saytda kamida 5$ qo'yiladi.

Siz rasmda ko'rib turgan 3D model ishi bu saytda shu holatda 699,30$ (asl narxi esa 999$, hozirda 30 foizli aksiya bo'lmoqda) ga baholangan. Bunday ish boshqa saytlarda 30$ dan boshlanib, ko'p 600$ oshmaydi. To'g'ri ba'zi saytlarda juda qimmat bo'lishi mumkin.

Agar sizda 3D modelingni o'rganish istagi bo'lsa, bizning 3D modeling sohasiga oid kursimizga yoziling va o'qishni boshlab, daromad toping

@abdusattor
23.1K views16:45
Ochish/sharhlash
2024-05-07 17:44:14
Sizni natijasiz hayotdan qutqarishi mumkin bo‘lgan fikrni ulashmoqchiman.

Cheksiz ma’lumotlar oqimi bor dunyoda o‘zingizni go‘yoki “foydali” ish bilan shug‘ullanyapman deb aldashingiz juda ham oson.

Internetda navbatdagi “foydali” video, hissiyotlar uyg’otadigan iqtiboslar va muvvafaqiyatga erishgan insonlarning aqlga sig’mas gaplari.

Barchasi bir tiyn!

Chunki inson hayot sifatining u yig’ib kelgan ma’lumotlar emas, balki kundalik hayotiga tadbiq qilgan ma’lumotlari oshiradi.

Dunyodagi eng zo’r aqllar sizga maslahat bergan taqdirda ham, ularni amalda qo’llamasangiz, siz “foydali” video emas, “foydasiz” video ko’rgan hisoblanasiz.

O’zingizni aldamang!

@abdusattor
22.0K views14:44
Ochish/sharhlash
2024-04-30 19:23:37 Qadri bor ma'lumot uzoq diqqat talab etadi.

Videoni ko’rish.

@abdusattor
19.1K views16:23
Ochish/sharhlash