Get Mystery Box with random crypto!

Trendlar biz uchun mutloq muhim bo’lmagan narsalarni, muhim qi | Abdusattor

Trendlar biz uchun mutloq muhim bo’lmagan narsalarni, muhim qilib ishontiradi.

Tonirovkali qora mashina, Fransiyadan keltirilgan parfyum, avtomat darvozali ikki qavatli uy, baland osmono'par bino ostidagi fotosuratlar. Bularning barchasi yo'qolib qolgan odam uchun illuziya va maqsadlar yaratadi.

Inson esa bu maqsadlar ortidan yuguradi. Qaysidirlariga erishadi va darhol illuziya u uchun yangi maqsadlar aniqlab beradi. Birinchi Gentra, keyin esa Mersedes Benz.

Shu bilan yosh qirqqa yaqinlashganda, u boshqa birovning yugurish marofinida qatnashganligini va marafon tashkilotchilari aslida yugurishda ishtirok ham etmaganligini tushinib yetadi.

Vaqt esa o'tkazib yuborildi, onasi qarib, farzandlari ulg'ayganini va maqsadlar aslida boshqacha ekanligini anglay boshlaydi.

O’z hayotingizni yashang. Maqsadlarni saralab olish, maqsadlar qo’yishdan muhim.

@abdusattor