Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45.65K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-06-11 17:32:11
Boylar yanada boyib puli kamlar esa yanada kambag‘allashib ketmoqda.

Bunga sabab boylar puli kamlarga qaraganda kuchli bo‘lib turli biznes va loyihalar orqali pul topishadi (ularni pulini olishadi).

Hamma ayb o‘sha pulini yo‘qatayotganlarda. Chunki puli kamlar boyib ketish ilinjida bilimsizlik va shoshma shosharlik qilib o‘zlarini har xil loyihaga urishadi. Aqlli boylar esa g‘olib kelaveradi.

Ta’lim olmasdan daromad olib bo‘lmaydi!

@abdusattor
5.7K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2022-06-11 15:51:49 Iltimos, ovozimizni cheklamang!

Ayni paytda ish faoliyatim, yashash manzilim Toshkent shahrida bo'lsada, men o'zimni farg'onalik deb hisoblayman. O'zim tug'ilib o'sgan joy ya'ni Quvadagi chekka bir mahalla esimni tanibmanki, biror marta asfalt qilinmagan, umuman asfalt nimaligini bilmaydi bu yo'llar...

Men oxirgi 25 yil haqida gapiryapman. Tasavvur qilyapsizmi, 25 yil hech bir amaldor na gazlashtirish, na elektr uzilishlarini to'g'rilash va na asfaltlashtirish haqida qayg'urmadi. Bu masalalarni hal qilish uchun mahalla faollarining taqillatmagan eshiklari qolmagan bo'lsa kerak.

Lekin "Openbudget" chiqib (ushbu loyiha uchun Moliya vazirligiga alohida tashakkurlarim) mahalla uchun oxirgi ikki tashabbusda asfaltlashtirish va futbol maydoni uchun 2.5 mlrd so'm yutib oldik. Mahalla va yoshlar tashabbus ko'rsatib, faol bo'lib bu yutuqqa erishildi. Loyiha haqiqatda insonlarni birlashtirdi, jipslashtirdi.

Aytishlaricha, deputatlar "OpenBudget" loyihasiga faqatgina "OneID" tizimi orqali ovoz berishni yo'lga qo'yishga chaqirishmoqda ekan. Shu taklifni bildirayotgan deputatlar "OneID" tizimini oddiy odamlar foydalana olmasligi tushunisharmikan, bilisharmikan? Ayni yo'lga qo'yilgan tizim orqali qancha-qancha muammolar hal qilinmoqda. Odamlar o'z bilgan uslubidan foydalanyapti.

Agar maqsad shaffoflikni oshirish bo'lsa boshqa uslubni qo'llash kerak. Deputatlarning asosiy aytayotgan gaplari yangi sim kartalardan bo'lsa, cheklovni faqatgina shunga qo'llagan afzal. Masalan, faqatgina 1 oy avval ro'yxatdan o'tgan sim kartalar orqali ovoz berishni yo'lga qo'yish kabi. Lekin "OneID" orqaligina ovoz berishni qo'llash "Openbudget" loyihasini barbod qilishga teng, menimcha.

Iltimos, insonlarni muammosini o'zlari hal qilishga qo'yib beringlar, insonlar budget mablag'larini o'zlari bilgan muammolarga sarflashsin, istalgan odam, istlagan hududga ovoz bersin!

P/s.: Ha aytgancha, keyingi tashabbusda gazlashtirish bo'yicha ovoz berishni yo'lga qo'ymoqchimiz. )
5.7K views12:51
Ochish/sharhlash
2022-06-11 12:57:30
Dizipro o‘quv markazimiz sotuv bo‘limi uchun operator qizlarni ishga olamiz

Ish o‘rni uchun talablar:
• 18 dan 25 yoshgacha bo‘lishi;
• O‘zbek tilini yaxshi bilishi (rus tilini bilsa juda ham yaxshi);
• Oila qurmagan;
• Ertalab soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlay oladigan;
• Ishdan tashqari ham jamoaviy ishlay olishi kerak.

Agarda siz yuqoridagi talablarimizga mos bo‘lsangiz, hoziroq murojaat qiling. Biz sizga nafaqat ish, balki inoq jamoa va yaxshi daromad taklif qilamiz.

Murojaat uchun:
• @dizipro_menejer
• +998991267161
7.0K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2022-06-10 19:13:30
311 insonning oʻzlari bilmagan xayrli ishi

Yaqinda instagram sahifam orqali hazil tariqasida stories kuzatuvchilarimizdan $15 dan "yordam qilishlarini" soʻragandim (BMW voqeasi ). 311 inson esa umumiy 3 mln 737 ming soʻm "yordam qilishdi". Mana, bugun ushbu yigʻilgan pulga BMW'dan ham muhimroq, qimmatliroq va albatta 2 dunyo savobini beruvchi xayrli ish tashkil qildik. 22-sonli Mehribonlik uyi bolalari koʻngillarini aynan shu 311 kishining sovgʻalari bilan koʻtardik.

Koʻp narsa gapirishim mumkin, ammo nimanidir tushunishingiz uchun shunchaki videoni koʻrishingizni tavsiya qilaman.

@abdusattor
12.3K views16:13
Ochish/sharhlash
2022-06-10 17:10:08
Ish yoki bilim olishning samarasini oshirish:

1. Bismillah deb ish boshlang.
2. Ma'lum bir natijani bajarmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirmang.
3. O'zingiz uchun pul qizg'onmang, internet MB qimmat bo'lsa ham tezligi yaxshi kompaniyadan MB oling.
4. Ish qilayotganingizda zarurat yuzasidan biron ish chiqib qolsa usha ishni tugatishingiz bilan 1 daqiqa o'tmasdan asosiy ishingizga qayting.
5. Reja bilan ish qiling. Bugungi rejani tugatmaguncha uxlamang!
Bardavomlik eng katta natijani beradi.

Abdusattor Abdurahimov

@abdusattor
6.4K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-06-10 16:01:05 ​​ИНТЕРЬЕР ДИЗАЙНЕРЛАР ВА АРХИТЕКТОР ДИҚҚАТИГА

Мижозлар баъзан бор, баъзан эса йўқми?

Янги мижозлар келишини кутиб зерикдингизми?

Жудаям ИНЖИҚ мижозларнинг талабларини, лойиҳага доимий ўзгартиришлар киритишини, энг асосийси ўзи ҳам нима хоҳлаятганини билмаслигидан чарчадингизми?

Унда бўлса бу янгилик айнан сиз учун!

10 йиллик тажрибага эга Дизайнер Фирдавс Барноев нинг Ижтимоий тармоқлардан "ИДЕАЛ МИЖОЗЛАР" ни жалб қилиш мавзусида 1 кунлик жонли семинар бўлиб ўтади.

Семинарда қатнашиш — БЕПУЛ!

Санаси: 12-июн, якшанба соат 11:00 да.

Манзил: Тошкент шахри, "NAPA" IT академияси.

Мўлжал: Беруний метроси, Миллий Университет, Маданият саройи орқа томони.

Жойлар сони чегараланганлигини хисобга олган холда, семинарда БЕПУЛ қатнашиш учун қуйидаги линк орқали хозироқ рўйҳатдан ўтинг.

https://t.me/FirdavsMemorBot?start=xabar_777

P.S: Ушбу хушхабарни Архитектор ва Дизайнер танишларингизга жўнатинг ва уларни хам ривожланишига хисса қўшинг!
6.0K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-06-10 12:17:33 Najot Ta'lim zamonaviy kasblar markazida men rahbarlik qiladigan O'quv ishlari bo'yicha bo'lim jamoasiga ta'lim tizimida ish tajribasi va liderlik ko'nikmalariga ega mutaxassis izlayapmiz.

Asosiy talablar:
- Najot Ta'lim qadriyatlariga mos kelish;
- Eng kamida bakalavr daraja;
- Ta'lim tizimi, xususan, ta'lim boshqaruvida kamida 1 yillik professional tajriba;
- Ingliz va rus tili yoki ikkisidan birida erkin muloqot qila olish;
- Ta'limni va ta'lim boshqaruviga aloqador barcha jarayonlarni sevish va bu ishdan zavqlanish.

Agar siz o'zingizni ushbu joyga munosib deb hisoblasangiz, quyidagi forma orqali ro'yxatdan o'tib so'rovnomani to'ldirishingizni so'rayman. Har bir nomzodni o'zim ko'rib chiqaman, inshaalloh.

Formani to'ldirish uchun: https://forms.gle/iW4KncG3gUjeFh4Q9

@javharuz
6.4K views09:17
Ochish/sharhlash
2022-06-09 15:23:31
Sizlarga 0.01 $ ni 1 oyda 5 mln $ qiladigan biznesni o’rgataman. Agar oy 31 kunlik bo’lsa naqt 10 mln $ li bo’lasiz. Fevralda bu biznesni qilish tavsiya qilinmaydi!

Avvalambor 31 kun bor oyni tanlab olish kerak.
Keyin esa shunday biznes topingki, olgan mahsulotinizni har kun 2 barobar soting va shu yo’sinda 31 kun davom eting. Hammasi juda oddiy!

Men soxta treningchi emasman. Men dalil va raqamlar bilan gapiraman! Dalil rasmda.

Men sizga haqiqiy biznes formulani taqdim etdim! Eplolmasangiz demak ayb o’zingizda

@abdusattor
9.4K viewsedited  12:23
Ochish/sharhlash
2022-06-09 10:20:58 Biror loyihada hamkorlik qilayotgan bo'lsangiz!

• Og'zingizga tolqon solib, sizning xohishlaringizni o'zidan-o'zi tushunib olishini poylamang.

• Talablar va shartlarni ipidan ignasigacha yoyib, tahlil qilib, so'ng qaror qiling. Ertaga biror xohishingiz borligini va u bajarilmaganini aytib, afsus chekib o'tirmang.

• Hamkoringizni qayerdadir "itarib" yuborishga niyat qilmang. Yolg'on bilan boshlangan hamkorlik nafaqat uzoqqa bormaydi, balki, shunday niyatli kimsaga o'z kasrini ham urib ketadi.

• Agarda ishni muzoraba shaklida olib borayotgan bo'lsangiz va siz pul tikkan bo'lsangiz, barcha ishni to'liqligicha sherigingizga topshirib yubormang. Hech yo'q tahlillarini birga qiling.

@abdusattor
10.1K viewsedited  07:20
Ochish/sharhlash
2022-06-09 08:34:50
Islomda diniy libos masalasi yo‘q!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Samarqand viloyati, Tayloq tumanidan saylangan deputat Alisher Hamrayevning ilgari qonunchilikda bo‘lgan “diniy libos” tushunchasiga bergan izohi.

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
9.0K views05:34
Ochish/sharhlash