Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45.65K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-06-15 20:17:12 Mustaqil o'qish va o'qitish uchun eng samarali uslub – Feynman texnikasi!

• Richard Feynman – fizik daho, olim, nobel mukofoti sovrindori va uslublarni eng mukammal darajada soddalashtira olgan yuqori ko'nikmali inson. Quyida keltiradigan uslubimiz ham aynan shu shaxs tomonidan ishlab chiqilgan jamlanmadir.

Feynman texnikasi nimani o'rgatadi?

– Feynman texnikasi bu biror narsani rostam ham bilasizmi yo'qmi, bilishingizni bilasizmi yo faqat bilaman deb o'ylaysizmi, degan savollarga javob beradi. Bu esa o'z navbatida abuturiyent, talaba, o'qituvchi va murabbiylarga qo'l keladi. Uslub esa to'laligicha o'rganilgan narsani ta'vil, mushoxada qilishga, keng yoyib tashlashga qaratilgan. Xo'sh uslub qanday?

1. O'z mavzuyingizni tanlang!

Feynman texnikasini har qanday kasb, deyarli istalgan soha va fanlarda qo'llash mumkin bo'lganidan, birinchi navbatda nimani bilmoqchi ekanligingizni aniqlashingiz lozim. Kelinglar, Gravitatsiya qonunini olamiz. Aytaylik, siz uni kimgadir dars qilib o'tib berishingiz yoki prezentatsiya qilib chiqishingiz kerak.

2. Tushunchani o'zingizga eng sodda tilda yozib oling!

Til qaysi til bo'lishidan qat'iy nazar, o'zingiz tushunadigan bo'lsa kifoya. Xo'sh, demak yozasiz. Avvalo "Nima" degan savol asosida mavzuni boshlaysiz. So'ngra "Qachon, Qayerda, Nimaga, Nima sababdan" kabi savollarga ko'mib tashlashingiz kerak. "Gravitatsiya nima?" mana shu birinchi tushunchaga kifoya qiladi. U bizni yiqilishdan tiyib turadigan narsami, u katta jismlarni kichiklari bilan tortib turadigan narsami, yo u biror boshqa narsami? Odatda, biror narsada ilmingiz yetarli bo'lmasa "уже" shu yerda to'xtab qolasiz. Eng asosiysi, o'zingizni aldamang. "Ha men bilaman, javob berishim shart emas" deb o'zingizni ovutmang. Xolis javob bering, shunda ojiz nuqtalaringiz ko'rinadi.

3. Ojiz nuqtalaringizni aniqlang va analiz qiling!

Ojizliklaringizni aniqlang. O'qitmoqchi edingizmi, o'qimoqchi edingizmi marhamat, tatbiq etmoqchimisiz marhamat, ammo ushbu bosqichdan o'tgandan keyingina. Gravitatsiya haqida yuqoridagi bosqichlarda javob bera olmagan savollaringizni kollaboratsiya qiling. Masalan bunday bo'lishi mumkin: Gravitatsiya nima, degandan keyin, javob: Gravitatsiya bu – yerdan jismlarni massalariga qarab o'zaro yer aro va o'zaro tortishish kuchidir, deylik. Xo'sh u nimaga paydo bo'ladi? U qachon oshadi? Qaysi sharoitda gravitatsiya 0 ga teng bo'ladi? Gravitatsiya 0 ga teng bo'lsa nima ro'y beradi?

Shu va shu kabi savollar aynan sizni mavzuni o'zgartirganligingiz yoki yo'qligini fosh qiladi. Uchinchi bosqich esa sizga shu nuqtalarni oshkor qiladi.

4. Savollaringizga javob toping va analogiya qiling!

Bu bosqich qolgan uchta bosqichning to'ldiruvchisidir. Ushbu bosqichda uslubni butunlay tugatasiz, yakunlaysiz. Xulosa chiqaring va konsepsiyani mulohaza qiling!

Post "jindak" ko'payib ketdi, tabiiyki uni instagram va tiktok avlodlari o'qiy olishmaydi. Hech bo'lmasa, siz o'qiyapsiz-ku :)

@abdusattor
7.4K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-06-14 17:55:36
• Tumanga qarang. Quyuq va tubsiz ko'rinadi. Lekin uning ichiga kirib borganingiz sari yoriqlashadi.

Abdusattor Abdurahimov

P.s. Biznes ham xuddi shunday, boshida 1-2 o'xshamasa "паника" qilib tashlamang :)

@abdusattor
4.6K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2022-06-14 16:47:36
O'quv markaz rahbarlari diqqatiga!

O'quv markazni tizimlashtirish bo'yicha 10 yillik tajribaga ega mutaxassis va Avlod21 biznes akademiyasi rahbari Axrolxo'ja Raxmatxo'jayevning "O'quv markazni tizimlashtirish" kursi taqdimot darsiga barcha o'quv markaz rahbarlarini taklif qilamiz!

Ushbu darsda siz o'quv markazda tizim qurish bilimlari haqida bilib olishingiz mumkin

Mehmon spiker: Jahongir Po'latov

Taqdimot darsi 26-iyun 14:00 da Big datada bo'lib o'tadi.

P.s : Agarda siz 16 - iyungacha ro'yxatdan o'tsangiz, biz sizga "maxsus guruh"ga a'zo bo'lish hamda sovg'a sifatida "moliyaviy hisobotlarni boshqaruvchi jadval"ga ega bo'lish imkoniyatini taqdim etamiz!

Maxsus sovg'a haqida to'liq ma'lumot

Shoshiling, joylarimiz soni cheklangan

Taqdimot darsiga ro'yxatdan o'tish

+998712000616
5.4K views13:47
Ochish/sharhlash
2022-06-13 11:20:00 Adaptiv bo'lish eng kuchli soft-skill'dir.

Soft-skill so'zini tarjima qilmadik, qilsak "yumshoq ko'nikma" (kulguli) bo'lib qolar ekan :)

Hozirda sizni biror ilmga ega ekanligingiz aksar top kompaniyalarning ishga olish tizimida hech narsa emas. Ularga sizni nima bilishingizdan ko'ra ko'proq, boshqa narsa qiziqtiradi.

O'sha narsa bu - sizning adaptiv (moslashuvchan) ekanligingiz. Moslashuvchanlik:
‐ Guruh bilan ishlashda;
‐ Yangi loyihalarda;
- Yangi muhitda;
- Yangi hamkasblar yoki boshqaruvchilar bilan;
- Yangi yo'nalish va ilmda.

Masalan sizni ularga C++, Python, Django..larni bilishingiz ko'p ham qiziq emas, chunki bundaylar tiqilib yotibdi. Sizni ularga ushbu ko'nikmalarni qanchalik tez va sifatli o'rganganingiz qiziqroq va aynan shu ustunlik beradi.

Hozir katta baliqlar emas, tezkor baliqlar dengizda hukmron. Xulosa chiqarish o'zingizdan ;)

@abdusattor
6.0K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-06-12 18:11:26 Grafik dizaynerlarning oylik maoshi qancha?

Grafik dizayner — insonlarga yetkazilishi kerak bo'lgan xabarlarni vizual ko'rinishga keltira oladigan shaxs. Axborotni vizual ko'rinishda yetkazish yaxshiroq samara berishi tufayli bu kasb egalariga bo'lgan talab ham oshib bormoqda.

— Xo'sh, grafik dizaynerlar O'zbekiston sharoitida qancha maosh olishadi? O'rtacha 1 yil ta'lim olgan va shu yil ichida amaliyot ham o'tagan grafik dizaynerlar daromadi 100$ - 300$ atrofida bo'ladi.

— Bu narx O'zbekiston ichida normal topiladigan oylik daromad. Ba'zi bir yangi frilanserlar bulardan ko'ra ko'proq topishlari ham mumkin.

— Agar siz ham grafik dizayn sohasini o'rganishni istasangiz, do'stimiz Temurbek Adhamov tomonidan tashkil qilingan Najot Ta'lim markazida o'qishni tavsiya qilaman. Kurs davomida ham amaliy, ham nazariy bilimlarni olib, real loyihalarda ham ishlash imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'ting

P. S. Kelajakdagi muvaffaqiyatingizga aynan shu post sabab bo'lsa, xursand bo'laman.

Kurs haqida batafsil ma'lumot
4.9K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-06-12 17:27:34
Kayfiyatni ko’taramiz!
Shakarga Reyd
Bollar yorishadi-da

@abdusattor
10.1K views14:27
Ochish/sharhlash
2022-06-12 11:21:32
Yahudiylarda: Do'stimiz Avraam yangi restoran ochibdi. Kelinglar o'sha yerga borib ovqatlanamiz. Boshqa yerda ovqatlanib pul to'lagandan ko'ra, do'stimizni tamaddaxonasiga to'lasak, do'stimizga foyda bo'lar edi.

Bizda: Do'stimiz Ibrohim yangi restoran ochibdi. Kelinglar o'sha yerga borib ovqatlanamiz. Boshqa yerga borib pul to'lab yegandan ko'ra, tekinga ovqatlanib kelamiz.

• Bu hol toki u yiqilgungacha davom etadi.

Muhammad Muso Ogahiy

@abdusattor
9.7K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-06-12 08:24:55
Устоз доктор Салоҳ Муҳаммад Солим Абул Ҳаж

-Иордания давлатининг Уммон шаҳридаги Сувайлиҳ минтақасида 1974 йилда туғилган.
-2002 йили Бағдод университетининг шариат факультетида ҳанафий фиқҳи бўйича олий баҳо билан докторлик даражасини олган.
-2006 йили Иорданиядаги Балқо амалий университетининг усулуд дин факультетида асистент (ёрдамчи устоз) вазифасини эгаллаган.

Устознинг телеграм каналига обуна бўлинг
7.2K views05:24
Ochish/sharhlash
2022-06-11 19:01:02
Tesla logotipiga qayerdan ilhom olingan?

Kuni kecha Twitter'da Tesla logotipining kelib chiqishi qanday ekanligini ko'rsatuvchi tvit chiqdi.

Ko'rib turganingizdek, unga elektro-motordan ilhomlanilgan. Doira shakldagi ushbu motor suratidan bir *tish olingandek go'yo.

Ilon Mask ham bu xabarni asosli ekanligini ta'kidlagan.

Ammo lekin, logotip saviyasiga va dizaynerlarga besh baho!

@abdusattor
5.0K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-06-11 18:01:06
500 000 000 so‘mlik grant loyihasida qatnashishni istaysizmi?

Space Academy va Nisa Ladies' School ayol-qizlar uchun grant e‘lon qiladi! Uni qo‘lga kiritish orqali siz Space Academy SMM Bootcamp kursida 3 oy va Nisa Ladies' School Ingliz tili kursida 4 oy grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

"Unicorn Grant" loyihasida ishtirok eting va bugungi kunning eng kerakli bilimlarini bepul egallang.

Unutmang, siz o‘ylaganingizdan ko‘prog‘iga qodirsiz!

Grant haqida to‘liq ma‘lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
@ayollaruchungrant
5.1K views15:01
Ochish/sharhlash