Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 46.30K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-06-04 18:59:29
O'zingizga kerakli bo'lganinigina ishlating!

• Qo'shma Shtatlarning Colorado qishlog'ining markazida joylashgan Denver shahridagi "Denver Water" suv resurslarini tejash kompaniyasi o'ylagan g'oyaga nazar soling!

– Yorib tashashibdi, haqiqatan ham!


– Tushundingmi Karl?

@abdusattor – marketingdan ham bir shingil.
4.6K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-06-04 09:13:33
Baho bering! Orginal - hayotda bor mahsulot. Render - biz uni 3D modelini yasab sotuvga tayyorlaganmiz. Aql lazzatini bizning jamoa bilan topasiz! @dizipro
6.8K views06:13
Ochish/sharhlash
2022-06-04 08:54:53

Телефон жиринглайди:
- Хайрли кун. Google пиццахонаси, сизнинг хизматингизда!
- Нима пиццахонаси?
- Google пиццахонаси. Нима буюрасиз?
- Ҳалиги... бу "Синьор Помидор" пиццахонасимасмиди?
- Афсуски эди, Google уни сотиб олди ва хизмат доирамиз ана энди тўлиқ бўлди.
- Ажойиб! Унда буюртмани қабул қилиб олинг.
- Хўп бўлади! Буюртмангиз одатдагидекми?
- Одатдагидек? Сиз менинг буюртмамни қаёқдан биласиз?
- Бизда буюртмачиларни аниқлаш дастури бор ва унга кўра сиз охирги 53 сафар шу рақамдан "Везувий" пиццаси, икки ҳисса пишлоқ, дудланган гўшт ва колага буюртма берган экансиз.
- Ҳа, бу томони ҳаёлга келмапти. Яхши, ўша буюртма.
- Узр, лекин сизга бир маслаҳат берсам майлими?
- Майли.
- Пиццаларимизнинг тўлиқ менюси борми сизда?
- Йўқ.
- Бу энг тўлиқ меню ва сизга творог ва кўкатли пицца ва тузлари кам минерал сув тавсия қилардим.
- Творог? Кўкат? Эсингизни еганмисиз? Биронтасини ҳам ёқтирмайман!
- Тушунаман, лекин сизнинг соғлиғингизни ўйлаб айтяпман буни. Сизда холестерол миқдори жуда юқори...
- Буни қаердан биласиз?
- Бизнинг компаниямиз сайёрамиздаги энг катта маълумотлар базасига эга. Шу сабабли сизнинг телефон рақамингиз ва исм-шарифингиз орқали клиниканинг виртуал базасидаги сизнинг анализларингизни кўра оламиз.
- Ҳе, тупурдим маълумотлар базангизга! Творог ва кўкатли пиццангиз керакмас. Дорилар қабул қиламан. Шунинг учун истаган нарсамни ейишим мумкин. Тушунарлими?
- Афсуски, сиз ўша дориларни кейинги вақтларда қабул қилмай қўйгансиз.
- Жин урсин! Бундан қанақасига хабардор бўласиз? Ортимдан жосуслик қиляпсизларми ҳар куни?
- Йўқ, йўқ! Биз, шунчаки, шаҳардаги барча дорихоналар базасини кўриб чиқамиз, сиз у ерда 3 ой аввал бўлгансиз холос. Битта қадоқда 30та ҳапдори бўлади холос.
- Ухх... тўғри... Қандай билдинг ярамас?
- Пластик карточкангиздан.
- Нимааа?
- Ҳа, сиз ҳар сафар МММ банки пластик карточкасидан дорихонага тўлов қилганингизда чегирмага эга бўласиз. Ўша карточкангиз бўйича барча чиқимлар рўйхати бизда бор. Охирги 3 ой ичида дорихонадан ҳеч нарса сотиб олмагансиз, балки бошқа дўконлардан бошқа нарсалар олгансиз. Демак, карточкангиз йўқолмаган.
- Вой, онайни... Хўш, нима бўпти? Нақд пул тўлаган бўлишим мумкин-ку, а?
- Йўқ, мумкинмас. Сиз ҳафтасига фақат 100 $ нақд пул ишлатасиз ва уни хизматкорингизга маош сифатида берасиз. Қолган ҳамма чиқимларни фақат пластик карточкангиз орқали қиласиз.
- Лаънатилар! Хизматкоримга қанча тўлашимни қаёқдан билиб олишдинг?
- Ахир, у ҳам ижтимоий суғуртага пул тўлайди...
- Ҳе, ер ютсин ҳаммангни!
- Ихтиёрингиз. Лекин айтилган маълумотларнинг барчаси олдимдаги компьютер экранида турибди. Менимча, сиз яна докторингизга кўриниб, текширувдан ўтишингиз керак. Худди ўтган ойдагидек. Ўшанда дорилар миқдорини аниқлаб олиш учун текширувдан ўтгандингиз.
- Эй жин ургур, энди мени эшит! Ҳиқилдоғимга келишдинг... сен ҳам, компьютерларинг ҳам, Facebook ва Twitterларинг ҳам. Шахсий ҳаёт йўқ бу лаънати жойларда.
- Илтимос, асабийлашманг. Бу сизнинг қўлингизда эмас...
- Ўчир овозингни! Эртагаёқ сен лаънатиларнинг ҳаммаларингдан узоқ-узоқларга кетаман. Фиджи оролигами, қаерга бўлса ҳам. Интернети йўқ, телефони йўқ, ортамдан кузатадиган одамлари йўқ жойларга...
- Ҳа, тушунаман сизни...
- Охирги марта ўша пластик карточкамдан фойдаланаман, самолётга чипта сотиб олиш учун. Кейин, дунёнинг нариги бурчагига кетаман.
- Ажойиб...
- Буюртмани бекор қил. Энди керакмас пиццаларинг.
- Хўп... бўлди бекор қилдим. Рухсат берсангиз, яна икки оғиз нарсани билдириб қўйсам?
- Нима яна, алвасти?
- Сизнинг хорижга чиқиш рухсатномангизнинг муддати ўтиб кетган аллақачо...

Туут-туут-туут...

Абдулазиз Саидалиханов таржимаси.

#таржима
9.2K views05:54
Ochish/sharhlash
2022-06-03 21:45:08
Biroz avval Markaziy Bank 2022-yil, 8-fevral kuni xabar bergan, O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ramzini yaratish tanlovi ham yakunlandi.

︎Yuqorida g'olib bo'lgan belgini ko'rishingiz mumkin :)

Nima ham derdik, nima ham deya olardik..

@abdusattor
4.4K views18:45
Ochish/sharhlash
2022-06-03 20:30:17 Poligrafiya o'lmaydigan sohami?

Poligrafiya hech qachon sinmaydimi? Bu soha qay darajada serdaromad? Tezlik poligrafiyada asosiy o'rin egallaydimi? Bu sohada sifat emas, son muhimmi?

Qarshi oling! Uzoq kutilgan "Dizayn choyxona" loyihasining navbatdagi 4-soni. Choyxonamizning bu galgi mehmoni «Ali print» reklama ishlab chiqarish kompaniyasi bosh menejeri Ulug'bek Bahodirov bilan poligrafiya sohasi bo'yicha qizg'in suhbat olib borildi.

Ushbu suhbat premyerasini bugun — 3-iyun kuni soat 20:30 da quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Havola: https



P. S. Haqiqiy dizayncha muhit va choyxona format! Ushbu suhbatni poligrafiya va dizayn sohasidagi do'stlaringizga ham yuboring!

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
5.5K views17:30
Ochish/sharhlash
2022-06-03 18:55:05
Ishoning bunday usulda daromad topish bu shunchaki “kayf”.

Bu kasbni esa @dizipro o’quv markazida online o’rganishingiz mumkin!
6.3K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-06-03 08:45:45 Self-study qilishning "SQ3R" uslubi haqida!

Self-study (self stadiy o'qiladi) qilishning eng samarali usullaridan biri bu – SQ3R (Eskyusriar)dir.

O'qishgaku qiynalib o'qib oldik, o'zi u nima degani?

• S: Survey - tadqiqot qilish;
• Q: Question - savol berish;
• R: Read - o'qish;
• R: Recite - ovozini chiqarib o'qish;
• R: Review - muttasil qaytarish.

1. Avvalambor, biror narsani mustaqil o'rganmoqchi bo'lsangiz, uni yaxshilab tadqiq qilishingiz lozim. O'zi nima u, nima uchun o'rganyapsiz, qachon boshlab qachon tugatmoqchisiz, rostan ham sohada o'zingizni ko'ra olasizmi, mustaqil o'rganishga yaraydigan kitob (self-guide book)ni to'g'ri tanlaganmisiz? Birinchi bosqichda siz mustaqil o'rganayotgan sohangiz bo'yicha umumiy informatsiyaga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi.

2. O'rganayotgan kitob/platformadagi tushunarsiz joylarini, savollar berish orqali tushunishga, hazm qilishga oson qilib oling.

3. O'qish qismida va nihoyat material bilan yaqindan ishlashni boshlaysiz. Chunki siz bungacha bo'lgan umumiy ma'lumotlarni barchasiga egasiz. Ana endi yuqoridagi tug'ilgan savollaringizga material bilan yaqindan tanishib, o'qib javob topasiz.

4. Endi bo'lsa olingan ilmni haqiqiymi yoki yo'qligini sinash payti keldi. Egallagan insaytlarningizni ovozingizni chiqarib yoddan ayting. Ovoz chiqarib aytish qismi juda muhim. Ammo, farosatli bo'ling avtobus va metrodagi insonlarni ham ilmingizdan boxabar qilishingiz shart emas, uyda yolg'iz aytsangiz kifoya :)

5. O'rganilgan materialni mutassil ravishda takror qilib turilmasa, esingizdan chiqib ketishi tabiiy. Uni o'zingizning fahmingizga qarab, haftada/oyda/yilda bir yoki bir necha martadir takror qilishni vird qilib olishingiz kerak.

@abdusattor
8.5K views05:45
Ochish/sharhlash
2022-06-02 20:28:37 Shu yili hayotimga katta mazmun va komfort qo’shgan narsalar: Imkonim bo’lsada oldin hayotimda bo’lmagan.

Sushi
— bu men uchun eng lazzatli taomlardan biri bo’ldi. (запеченные роллы)

iPhone — men qanday qilib shuncha yil MI tutib yurgan ekanman? Qanday qilib iPhone'siz yashadim?

Brend krosofkalar — qanday qilib men shuncha yil tuflida yurdim

Lija uchish — bir kunda 40 marta yiqilib usha kuni organib oldim! Bu haqiqiy adrenalin va sof havo. Temur Adhamov rahmat meni majburlab olib borganizga

MacBook -- bu esa haqiqiy qulaylik! Ishdagi samaradorlik va yoqimli harakatlar ketma-ketligi!

Web 3 loyihalar, Meta olam — tarifga til ojiz! Sizni o’z domiga tortib ketadi.

@abdusattor
4.9K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2022-06-02 14:59:33 May oyida Najot Ta'limni dasturlash, grafik, web, moushn dizayn, SMM yo'nalishlari bo'yicha 187 nafar o'quvchi tamomladi. Bitiruvchilarning 128 nafari bitiruv jarayonidayoq muvaffaqiyatli ishga joylashishgan. Bu umumiy bitiruvchilarning 68.4 foizini tashkil qiladi.
6.0K views11:59
Ochish/sharhlash
2022-06-02 06:48:58 "Self-study" (mustaqil o'rganish) nima?

Diskleymer: ba'zi terminlarni o'z holicha qoldiramiz, ya'ni tarjima qilinmaydi!

• Self-study o'zi nima? Self-study bu o'zbekcha qilib aytganda, universitet domlalarining talabi va qistovisiz, o'qituvchingizning so'kish va buyruqlarisiz, mustaqil o'zingiz biror sohani o'rganishingizdir. Xo'sh, qaysi sohalarni self-study qilsa bo'ladi?

– Aytish mumkinki, hislar orqali o'tuvchi (ingliz tilida "arts" deyiladi) ilmlaridan tashqari bo'lgan barcha fanga doir (sciences) ilmlarni self-study qilib o'rgansa bo'ladi.

Mana bu postda Anvar aka ham dasturlashni self-study qilish mumkinligini, shu jumladan o'zlari ham mustaqil o'rganganligini yozganlar!

Keyingi postlarda unga doir ba'zi uslublarni tekinga aytamiz. Motivator konservatorlar bemalol aytib chiqishlari mumkin beznes treyniglarida :)

@abdusattor
8.2K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash