Get Mystery Box with random crypto!

Iltimos, ovozimizni cheklamang! Ayni paytda ish faoliyatim, y | Abdusattor

Iltimos, ovozimizni cheklamang!

Ayni paytda ish faoliyatim, yashash manzilim Toshkent shahrida bo'lsada, men o'zimni farg'onalik deb hisoblayman. O'zim tug'ilib o'sgan joy ya'ni Quvadagi chekka bir mahalla esimni tanibmanki, biror marta asfalt qilinmagan, umuman asfalt nimaligini bilmaydi bu yo'llar...

Men oxirgi 25 yil haqida gapiryapman. Tasavvur qilyapsizmi, 25 yil hech bir amaldor na gazlashtirish, na elektr uzilishlarini to'g'rilash va na asfaltlashtirish haqida qayg'urmadi. Bu masalalarni hal qilish uchun mahalla faollarining taqillatmagan eshiklari qolmagan bo'lsa kerak.

Lekin "Openbudget" chiqib (ushbu loyiha uchun Moliya vazirligiga alohida tashakkurlarim) mahalla uchun oxirgi ikki tashabbusda asfaltlashtirish va futbol maydoni uchun 2.5 mlrd so'm yutib oldik. Mahalla va yoshlar tashabbus ko'rsatib, faol bo'lib bu yutuqqa erishildi. Loyiha haqiqatda insonlarni birlashtirdi, jipslashtirdi.

Aytishlaricha, deputatlar "OpenBudget" loyihasiga faqatgina "OneID" tizimi orqali ovoz berishni yo'lga qo'yishga chaqirishmoqda ekan. Shu taklifni bildirayotgan deputatlar "OneID" tizimini oddiy odamlar foydalana olmasligi tushunisharmikan, bilisharmikan? Ayni yo'lga qo'yilgan tizim orqali qancha-qancha muammolar hal qilinmoqda. Odamlar o'z bilgan uslubidan foydalanyapti.

Agar maqsad shaffoflikni oshirish bo'lsa boshqa uslubni qo'llash kerak. Deputatlarning asosiy aytayotgan gaplari yangi sim kartalardan bo'lsa, cheklovni faqatgina shunga qo'llagan afzal. Masalan, faqatgina 1 oy avval ro'yxatdan o'tgan sim kartalar orqali ovoz berishni yo'lga qo'yish kabi. Lekin "OneID" orqaligina ovoz berishni qo'llash "Openbudget" loyihasini barbod qilishga teng, menimcha.

Iltimos, insonlarni muammosini o'zlari hal qilishga qo'yib beringlar, insonlar budget mablag'larini o'zlari bilgan muammolarga sarflashsin, istalgan odam, istlagan hududga ovoz bersin!

P/s.: Ha aytgancha, keyingi tashabbusda gazlashtirish bo'yicha ovoz berishni yo'lga qo'ymoqchimiz. )