Get Mystery Box with random crypto!

Biror loyihada hamkorlik qilayotgan bo'lsangiz! • Og'zingizga | Abdusattor

Biror loyihada hamkorlik qilayotgan bo'lsangiz!

• Og'zingizga tolqon solib, sizning xohishlaringizni o'zidan-o'zi tushunib olishini poylamang.

• Talablar va shartlarni ipidan ignasigacha yoyib, tahlil qilib, so'ng qaror qiling. Ertaga biror xohishingiz borligini va u bajarilmaganini aytib, afsus chekib o'tirmang.

• Hamkoringizni qayerdadir "itarib" yuborishga niyat qilmang. Yolg'on bilan boshlangan hamkorlik nafaqat uzoqqa bormaydi, balki, shunday niyatli kimsaga o'z kasrini ham urib ketadi.

• Agarda ishni muzoraba shaklida olib borayotgan bo'lsangiz va siz pul tikkan bo'lsangiz, barcha ishni to'liqligicha sherigingizga topshirib yubormang. Hech yo'q tahlillarini birga qiling.

@abdusattor