Get Mystery Box with random crypto!

#Toʻlov #YoshlarIttifoqi #Test Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Toʻlov #YoshlarIttifoqi #Test

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim muassasalarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tahsil olayotgan hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalarning 35 % kontrakt qismini toʻlab berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu asnoda Muhammad al-Xorazmiy nomidagı Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan taqdim qilingan test savollari asosida qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalardan test olindi.

Test sinovlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan barcha Oliy ta’lim muassalaridan jami 300 nafarga yaqin da’vogar talabalar test sinovlarini topshirdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook