Get Mystery Box with random crypto!

Prezident: Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit ya | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Prezident: Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – doimo e’tiborimiz markazida

Davlatimiz rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

… Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko‘rilmagan natijadir.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba-qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook