Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.03K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2023-01-13 16:21:33
Ta'lim olish talabalarimiz uchun har doim juda samarali o'tadi. Bu ko'p jihatdan, ular bilan har doim betakror Xolida Abdhamidovna birga bo'lganligi sababli

Valiyeva Xolida Abdhamidovna — tilshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi. Aynan ushbu fanni tanlashdagi qaror bejiz paydo bo'lmagan: maktabdagi rus tili o'qituvchisi qahramonimizning eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisi va namuna bo'lgan.

Xolida Abdhamidovna taom tayyorlash, Polina Gagarina qo'shiqlarini tinglash va sevimli "Taqdir hazili" filmini qayta tomosha qilishni yoqtiradi
14.2K views13:21
Ochish/sharhlash
2023-01-12 19:13:39 #Нодавлат_олий_таълим_ташкилотлари

Мен Тошкент амалий фанлар университетига ҳужжат топширдим. Дипломи ўтадими?

Нодавлат таълим ташкилотларига лицензия бериш Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги 80-сон қарори асосида амалга оширилади.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси веб-сайтига нодавлат олий таълим ташкилотлари рўйхати жойлаштирилиб, бу ерга лицензия олган таълим ташкилотлари ҳақидаги маълумотлар мунтазам янгиланиб борилмоқда.

Ушбу муассасаларга олий таълим хизматлари кўрсатиш учун Таълим инспекцияси томонидан белгиланган тартибда лицензиялар расмийлаштирилган. Улар томонидан берилган диплом мамлакатимиздаги бошқа олийгоҳларники билан бир қаторда тан олинади.

Айнан шу қаторда Тошкент амалий фанлар университети ҳам Таълим инспекцияси томонидан берилган нодавлат олий таълим хизматларини кўрсатиш учун 2022 йил 14 июнда берилган № 029914-сонли лицензияга асосан фаолият кўрсатади.

Шундай экан талаба бўлиш истагида бўлган ёшлар ва уларнинг ота-оналари ҳеч иккиланмай юртимиздаги лицензияга эга нодавлат олий таълим ташкилотлари хизматларидан фойдаланишлари мумкин.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш
https://t.me/uztdi
16.5K views16:13
Ochish/sharhlash
2023-01-11 16:19:31
Qabul haqida eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar

1. Qishki qabul uchun hujjat topshirish qaysi sanagacha davom etadi?
2023-yil 25-yanvarga qadar.

2. Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
2
023-yil 28-yanvarda onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etish bepul.

3. Qanday hujjat topshirish mumkin?
utas.uz/admission havolasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Hujjat topshirish bepul.

4. Qabul uchun qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi; passport/ID nusxasi

5. Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Ushbu qishki qabulda faqat sirtqi ta’lim shakli mavjud.

6. O'qishga bu yil 11-sinf yoki litseyning 3-kursini tugatayorganlar kirsa bo'ladimi?
Yo'q, faqat maktabni 11 sinf yoki litseyni bitirganlar

7. Kirish imtihonlari savollaridan namunalar bormi?
Namunalar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

8. Qishki qabul nima?
Qishki qabul — 2023-yil fevral oyidan 2024-yil yanvar oyigacha davom etadigan o'quv yili. Keyingi o'quv yillari ham xuddi shu tartibda davom etadi.

9. O'qish narxlari necha pul?
Batafsil bu yerda

10. Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?
"Ta'lim to'g'risida" gi Qonunga asosan, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (diplom) beradi.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
24.0K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-01-10 14:27:52
Do'stlar birga bo'lganda, hamma narsaning imkoni bor

Bizning Madina gitara ovozini yoqtiradi va biroz uyalsa ham, uni chalishni o'rganish uchun astoydil harakat qilmoqda. Har bir akkordni olish oson emas, lekin do'stlari ko'magi bilan bu har safar yaxshiroq chiqmoqda

Universitetimizda har tomonlama rivojlanish rag'batlantiriladi va Madinaga uning sevimli mashg'ulotida muvaffaqiyatlar tilaymiz
25.4K views11:27
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:57:48
TAFUda qishki qabul boshlandi!

Toshkent amaliy fanlar universitetini
ng taniqli talabasi - Dilime sizni universitet safiga qo’shilishga chorlamoqda!

Qishki qabulda quyidagi fakultetlar mavjud:

Iqtisodiyot
O'zbek tili va adabiyoti
Pedagogika va psixologiya

25-yanvargacha hujjat topshiring! Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul.

Universitet haqida ko'p uchraydigan savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
9.1K views10:57
Ochish/sharhlash
2023-01-06 17:07:45
Diqqat, hurmatli talabalar!

Havo haroratining keskin pasayishi davrida talabalar orasida mavsumiy gripp kasalligining ko'payishini oldini olish maqsadida Toshkent amaliy fanlar universitetining barcha yo'nalishlari va ta'lim shakllarida talabalarning darslari 9-yanvardan 21-yanvargacha ONLAYN shaklga o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent amaliy fanlar universitetida qishki qabul boshlandi.

Hujjatlar onlayn 5-yanvardan 25-yanvarga qadar utas.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Yuqoridagi sabablar inobatga olingan holda, kirish imtihonlari 28-yanvarda ONLAYN tarzda bo'lib o'tadi, javoblar esa 31-yanvar kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Batafsil tafsilotlar rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
22.1K views14:07
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:47:30
Yangi kampus - talabalar orzusidagi ajoyib joy

Bu yer keng va juda qulay, derazalardan esa poytaxtning ajoyib manzarasi namoyon bo'ladi. Qanday qilib bu yerda a'lo baholarda o'qimaslik mumkin?

Mashg'ulotlar, dam olish va do'stlar bilan muloqot — yangi kovorking hududida hamma narsa o'zgacha bo'ladi. Zavqlaning, aziz talabalar
2.9K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-01-05 16:03:48
Toshkent amaliy fanlar universitetida qishki qabul boshlandi!

Hujjatlar onlayn 5-yanvardan 25-yanvarga qadar utas.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Qishki qabulda quyidagi yo'nalishlarga sirtqi ta'lim shakliga hujjat topshirishingiz mumkin:

Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi;
• Buxgalteriya hisobi va audit;
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
• Iqtisodiyot.

Tillar va adabiyot:
• O’zbek tili va adabiyoti;

Pedagogika va psixologiya:
• Pedagogika va psixologiya;
• Maktabgacha ta'lim;
• Boshlang'ich ta'lim;
• Informatika va matematika;
• Tarix.

Universitet haqida savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

Qishki qabul — 2023-yil fevral oyidan 2024-yil yanvar oyigacha davom etadigan o'quv yili. Keyingi o'quv yillari ham xuddi shu tartibda davom etadi.

Kirish imtihonlari 28-yanvarda onlayn tarzda bo'lib o'tadi, javoblar esa 31-yanvar kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Batafsil tafsilotlar rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
22.2K viewsedited  13:03
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:56:00
Talabalarimiz shijoatga to'la

Bugun sizni o'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi — To'ychiboyeva Madinabonu bilan tanishtirmoqchimiz. Madinabonu kitob mutolaa qilishni va klassik musiqa tinglashni xush ko'radi. U kelajakda tarjimon bo'lib, odamlarning bir-birini tushunishiga yordam bermoqchi.

Keling, kelgusi yil har birimizga baxt olib kelishini va istaklarimiz ro'yobga chiqishini niyat qilaylik
15.1K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-01-02 13:28:41
Kirib kelgan Yangi yilingiz bilan, do'stlar!

Ta'tilni yanada maroqliroq o'tkazishingizni tilab qolamiz, axir bayram hali davom etmoqda

Yangi yilni qanday nishonlaganingizni biz bilan ham bo'lishing
13.2K views10:28
Ochish/sharhlash