Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.20K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2022-11-05 06:50:37
Senat saytini buzib kirgan xakerlar o‘zimizning o‘spirin o‘zbek yoshlari bo‘lib chiqdi

Haker bola intervyu berdi



https://t.me/ustozlar_uchun
1.1K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-11-04 20:56:45 ​​ Endi pensioner xodimlarni ishdan boʻshatib boʻlmaydi

Xabaringiz boʻlsa, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlandi. Yangi kodeksga koʻra xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish asosi chiqarib tashlanmoqda. Eski kodeksda esa ish beruvchi pensioner xodimni ishdan boʻshatishga haqli edi.

Endi ish beruvchilarda bunday huquq boʻlmaydi. Ammo ularda hali amaldagi qonun normalarini qoʻllashga yana 6 oy vaqt bor. Ya’ni yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi 6 oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, maktabdagi dars taqsimotida oʻqituvchining yoshi rol oʻynamaydi. Bunda oʻqituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi.

Har qanday holatda ham oʻqituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.8K views17:56
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:53:42
Har doimgidek Kundalik.com platformasida nosozliklar kuzatilmoqda

Ayni damda Kundalik.com tizimiga o‘tkazilgan maktablarda o‘qituvchilar choraklik baholarni chiqarolmayapti. Sababi tizimda doimgidek nosozliklar kuzatilmoqda. Yana o‘sha eski muammolar. Ko‘pchilik nima bo‘layotganini tushunmayapti.

O‘qituvchilarning aytishicha, o‘quvchiga bitta baho qo‘yish uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflashga to‘rg‘i kelayotgan ekan. Bitta sinfga baho chiqarish uchun esa soatlab vaqt sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. Sababi choraklik baholar qo‘yilayotgan vaqtda platforma qotib qolib suratdagi kabi yozuv chiqib qolayotgan ekan.

Rasmiy manbalar har doimgidek jim. Aslida shunday nosozliklar bo‘lgan vaqtlarda rasmiy manbalar barcha o‘qituvchilarni ogohlantirib qo‘yishi kerak.

Ha aytgancha, tizimga kirishga juda qiynalib ketsangiz Kundalik.com kompaniyasi qo‘llab-quvvatlash markazining +99878-888-82-82 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shikoyatingizni aytsangiz ham bo‘ladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
4.4K views11:53
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:50:13
SINF RAHBAR HUJJATLARI:

Sinf soati
Ish reja
Dars ishlanma

ДОКУМЕНТЫ РУКОВОДИТЕЛЯ КЛАССА:

класс час
план работы
урок работы

METOD BIRLASHMA HUJJATLARI

To'liq holda yuklab oling


https://t.me/ustozlar_uchun
3.1K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-11-04 11:30:07 ​​#Биласизми

Ўқувчини бир мактабдан бошқасига ўтказиш тартибини биласизми?

Ота-оналар ўз хоҳишига кўра ўқув йилида ёки у тугаганидан сўнг фарзандини бир мактабдан бошқасига ўтказиш ҳуқуқига эга.

Бунда бир мактабдан бошқасига ўтказиш учун унинг сабабларини кўрсатиб мактаб директори номига ариза берилади.

Ариза 1 иш кунида кўриб чиқилади ва ўқишни давом эттириш учун танланган мактабга тақдим этиш учун мактабдан кетиш талони берилади.

Ота-оналар фарзанди ўқишни давом эттириши учун танланган мактаб директорига ариза беради. Аризага мактабдан кетиш талони илова қилинади.

Ўқишни давом эттириш учун танланган мактаб директори ариза ва талонни қабул қилгач, шу куннинг ўзида ота-оналарга ўқувчи таълим олаётган мактабга тақдим этиш мактабга келиш талонини беради.

Ўқувчи ўқиётган мактаб директори мактабга келиш талонини олгач, шу куннинг ўзида ўқувчини мактаб ўқувчилари сафидан чиқариш тўғрисида буйруқ қабул қилади.

Мактаб директори мазкур буйруқ билан ота-оналарни таништирганлиги тўғрисида имзо қўйдириб, уларга қуйидаги ҳужжатларни тақдим этади ва ҳужжатлар берилганлиги тўғрисида тилхат олади:

ўқувчининг мактаб ўқувчилари сафидан чиқарилганлиги тўғрисидаги буйруқдан кўчирма;
ўқувчининг баҳолар (ўзлаштириш) табели;
ўқувчининг тиббий картаси.

Ўқишни давом эттириш учун танланган мактаб директори бошқа мактабдан ўтказилаётган ўқувчининг ўқув жараёнларидан четда қолиб кетмаслигини таъминлаш учун барча зарур чораларни кўриши шарт.


https://t.me/ustozar_uchun
3.9K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-11-04 06:27:25 Amaliy fanlar metod birlashma hujjatlari

To'liq holda yuklab oling



https://t.me/ustozlar_uchun
3.7K viewsedited  03:27
Ochish/sharhlash
2022-11-03 05:03:13 ​​ OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI

Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.


https://t.me/ustozlar_uchun
46.5K views02:03
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:20:48
11 noyabrdan barcha maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlanadi — Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi


https://t.me/ustozlar_uchun
1.7K views16:20
Ochish/sharhlash