Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.20K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-10-29 23:49:59 ​​ Ушбу шеърим Ўзбекистон халқ шоири ҳурматли севимли шоиримиз Сирожиддин Саййид устознинг 30-октябрь қутлуғ таваллуд аёмига бағишланади. Узоқ умр оилавий соғлиқ бахт-саодат ижодий ишларида севимли шоиримизга улкан зафарлар доимо ҳамроҳ бўлсин!

Бахт юлдузи

Бағишлар қалб қўрини,
Устоз жўшқин ижодга.
Ҳавас қилгай мухлислар,
Порлоқ шонли ҳаётга.

Неча йилки, юрт ишқида,
Ёнар эл деб, ижодкор.
Мазмунга буркаб умрин,
Айлаган соф беғубор.

Инсон ёниб яшаса,
Яраса шу эл корига.
Айлангай устоз каби,
Халқнинг ифтихорига.

Умрни чақмоқ дерлар,
Ўтар киприк қоққунча.
Чин ижодкор мероси.
Сабоқ дунё тургунча.

Устоз ибораси ила,
Ўлмас туйғу пок ният.
Мангу дилга завқ бериб,
Яшар нурли шеърият.

Кирибсиз улуғ ёшга,
Тўлсин нурга умрингиз.
Юзда ҳам сўнмай илҳом.
Доим соғлом юрингиз.

Улуғларнинг меҳри-ла,
Ҳар дам ёруғ халқ юзи.
Тарк этмасин устозни,
Бир умр бахт юлдузи.

Бахтиёр Йўлдошев
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси.


https://t.me/ustozlar_uchun
4.3K views20:49
Ochish/sharhlash
2022-10-27 18:06:04
Milliy ta'lim resurslari endi — Telegramda!

O’sha mashhur Kun.uz tavsiya qilgan «Milliy ta'lim resurslari» YouTube platformasini endi telegramdan ham topishingiz mumkin.

Ushbu platforma orqali siz o‘quvchi yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo‘nalishdagi zamonaviy kasblarni sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda mutlaqo bepulga o‘rganasiz!

Manzil: @MilliyTalimResursBot


https://t.me/ustozlar_uchun
5.6K views15:06
Ochish/sharhlash
2022-10-27 14:09:31
Malaka test sinovlarida ishtirok etuvchi ustozlarga murojaat

Matnda o‘qish: https://tdi.uz/uz/news/4333

Youtube (HD)da ko‘rish:



Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish
@sh_xujaqulov


https://t.me/ustozlar_uchun
5.9K views11:09
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:40:42
Ustama olish imkonini beruvchi Milliy sertifikatga qabul boshlandi. To'lov 450 ming so'm.


https://t.me/ustozlar_uchun
11.3K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:39:03
"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida belgilangan kreditlarni to'plash va MALAKA OSHIRISH SERTIFIKATINI OLISH bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma


https://t.me/ustozlar_uchun
6.0K views11:39
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:36:40
#attestatsiya

Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari uchun ko‘rsatmalar

Ta'lim inspeksiyasi


https://t.me/ustozlar_uchun
4.8K views11:36
Ochish/sharhlash
2022-10-24 07:30:48
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
6.5K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-10-22 05:16:21
Мактаб ўқувчилари учун 4 ноябрдан кузги таътил бошланади.

Ўқувчилар учун таътил кунлари қуйидагича белгиланган:

Кузги таътил - 4 ноябрдан бошлаб, 6 календар кун.

Қишқи таътил - 28 декабрдан бошлаб, 14 календар кун.

1 синф ўқувчилари учун эса февраль ойи давомида қўшимча бир ҳафталик таътил белгиланади.


https://t.me/ustozlar_uchun
6.6K views02:16
Ochish/sharhlash
2022-10-22 05:13:25 ​​ Kundalik.com da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S – sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S – sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N - noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;


https://t.me/ustozlar_uchun
10.3K views02:13
Ochish/sharhlash