Get Mystery Box with random crypto!

Har doimgidek Kundalik.com platformasida nosozliklar kuzatilmo | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Har doimgidek Kundalik.com platformasida nosozliklar kuzatilmoqda

Ayni damda Kundalik.com tizimiga o‘tkazilgan maktablarda o‘qituvchilar choraklik baholarni chiqarolmayapti. Sababi tizimda doimgidek nosozliklar kuzatilmoqda. Yana o‘sha eski muammolar. Ko‘pchilik nima bo‘layotganini tushunmayapti.

O‘qituvchilarning aytishicha, o‘quvchiga bitta baho qo‘yish uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflashga to‘rg‘i kelayotgan ekan. Bitta sinfga baho chiqarish uchun esa soatlab vaqt sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. Sababi choraklik baholar qo‘yilayotgan vaqtda platforma qotib qolib suratdagi kabi yozuv chiqib qolayotgan ekan.

Rasmiy manbalar har doimgidek jim. Aslida shunday nosozliklar bo‘lgan vaqtlarda rasmiy manbalar barcha o‘qituvchilarni ogohlantirib qo‘yishi kerak.

Ha aytgancha, tizimga kirishga juda qiynalib ketsangiz Kundalik.com kompaniyasi qo‘llab-quvvatlash markazining +99878-888-82-82 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shikoyatingizni aytsangiz ham bo‘ladi.


https://t.me/ustozlar_uchun