Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.20K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-11-14 06:07:15 ​​MAKTAB DIREKTORI O‘QITUVCHINING SHAXSIY HAYOTIGA ARALASHISHGA HAQQI BORI?

#Yurist_Xizmati 3716-savol:

Assalomu alaykum men maktabda ishlayman. Maktab raxbarini ukituvchining shaxsiy xayetiga aralashishga xakki bormi. Bundan tashkari tuxmat kilgani uchun javobgarligi bormi?

YURIST JAVOBI:

Direktorning o‘qituvchining shaxsiy hayotiga aralashishi mutlaqo mumkin emas. Ish boshqa, shaxsiy hayot boshqa.

O‘zbekiston Respublikasi  qonunchiligiga ko‘ra har qanday holatda ham shaxsga tuhmat qilish taqiqlangan. Bu huquq hech kimga berilmagan. Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 40-moddasida tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yilgan.

Shuningdek, ushbu kodeks 46-1-moddasiga muvofiq shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish:
•  bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Endi qarang! agar yuqoridagi qilmishlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qo‘llanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat)

Hurmatli fuqaro siz bu vaziyatda tuman prokuraturasiga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.


https://t.me/ustozlar_uchun
5.2K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-11-12 11:49:32
Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan dam oladiganlar kunlar yana bittaga koʻpaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 11-noyabr «Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni», umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi. Bu degani 11-noyabr taqvimda dam olish kuni sifatida kiritiladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
1.4K views08:49
Ochish/sharhlash
2022-11-11 15:33:16 ​​#Сўраган_эдингиз

Дарслар вақтини 45 дақиқадан 40 дақиқага қисқартирса бўладими?

#Савол
Ассалому алайкум. Ҳаво ҳароратининг кескин совуганлиги ҳамда куннинг қисқариб кетганлиги муносабати билан мактабларда дарс вақтини 45 дақиқадан 40 дақиқагача ўзгартириб, танаффуслар вақтини 5 дақиқагача қисқартирсак бўладими?

#Жавоб
Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сонли қарори билан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим тўғрисида Низом"нинг 25-бандида таълим муассасаларида ўқув-тарбия жараёнини ташкил этишдаги аниқ муддатлар белгилаб берилган.

Яъни, таълим муассасаларида ўқув-тарбия жараёнини ташкил этишда қуйидаги муддатларга тўлиқ амал қилинади:

ўқув йилининг давомийлиги — 34 ҳафта (I синфлар учун 33 ҳафта);

ўқув ҳафтасининг давомийлиги — 6 кун (педагогик кенгашнинг қарорига кўра I-IV синфлар учун 5 кун);

дарс машғулотининг давомийлиги — 45 дақиқа;

дарс машғулотлари оралиғидаги танаффуснинг давомийлиги — 5-10 дақиқа (ўқув куни ўртасидаги танаффуснинг давомийлиги — 15-30 дақиқа).

Мактаб маъмурияти юқорида белгилаб берилган муддатларга тўлиқ риоя қилиши зарур. Хулоса қилиб айтганда дарс жараёни вақтини 45 дақиқадан 40 дақиқага қисқартириш мумкин эмас. Аммо дарс машғулотлари оралиғидаги танаффусларнинг давомийлигини 5 дақиқагача қисқартириш мумкин.


https://t.me/ustozlar_uchun
5.6K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-11-11 13:45:12
Ўқитувчиларнинг фаолиятига аралашганлик учун жавобгарлик бор

Педагогларнинг фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш орқали аралашиш ёки педагогнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:

фуқароларга БҲМнинг 5 бараваридан 7 бараваригача (1,5 млн сўмдан 2,1 млн сўмгача);

мансабдор шахсларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача (2,1 млн сўмдан 3 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Педагоглар, уларнинг фаолиятига ва хизмат вазифаларига аралашилганлик учун маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисида баённома тузилмаганда ҳам, ўз аризасида ҳуқуқбузарнинг шахси, маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этилган жой, вақт ва унинг моҳияти тўғрисидаги маълумотларни, шунингдек ишни ҳал этиш учун зарур бўлган бошқа маълумотларни кўрсатган ҳолда судга мурожаат қилиш ҳуқуқига эга.


https://t.me/ustozlar_uchun
5.5K views10:45
Ochish/sharhlash
2022-11-09 20:14:34
Xalqaro ta’lim tajribalari bizga nima beradi?

O‘quvchiga "2" baho qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?

Xalqaro tajribalarning aynan qaysi metodlari ta’lim rivojida samarali bo‘ladi?

Xalqaro tajribalarni ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan malaka oshirish kurslaridagi o‘qituvchilar bilan suhbat olib borildi.

Yuqoridagi video lavhada ularning fikrlari va jarayonlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.0K views17:14
Ochish/sharhlash
2022-11-07 12:22:31 ​​Ikkinchi chorakdan boshlab onlayn darslar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Masofaviy ta’limni umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ta’lim olish jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etib borish maqsadida masofaviy ta’lim shakli — “Online maktab” dasturi tajriba-sinov jarayonlari o‘tkaziladi.Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab o‘tkaziladigan mazkur masofaviy ta’lim jarayonida Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf o‘quvchilari ota-onalar va o‘quvchilarning o‘z ixtiyoriga asosan saralab olinadi.

Bunda umumta’lim maktablari ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari bilan anketa-so‘rovnomalari o‘kaziladi hamda uning natijalariga ko‘ra talabgor o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi.

Masofaviy ta’lim jarayonlariga jalb etilgan o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash va o‘zlashtirish jarayonlarini monitoring qilib borish maqsadida boshlang‘ich sinov (kirish testi) o‘tkaziladi.

Sinov natijalariga ko‘ra, masofaviy ta’lim olishga mo‘ljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar o‘quvchidan iborat, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf tashkil etiladi.

Mazkur tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha kelgusida umumiy o‘rta ta’lim bosqichida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha zarur takliflar tayyorlanadi. “Online maktab” dasturi tajriba-sinov jarayonlari haqidagi to‘liq ma’lumot bilan Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin


https://t.me/ustozlar_uchun
2.2K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-11-05 14:55:11 ​​Xushxabar!

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun kompensasiya to‘lanishi belgilanadi.

Unga ko‘ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

Ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida ushbu kodeksga kiritilgan 333-moddaga ko‘ra moddiy javobgar bo‘ladi.

Ya’ni, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensasiya) bilan birga to‘lashi shart.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.7K views11:55
Ochish/sharhlash
2022-11-05 14:50:05O'quvchilar bir yilda 365 kunning 190 kunini o'qishda, 175 kunini dam olishda o'tkazib yuboryapti

Ba'zida maktab o'quvchilari darsga borishdan bosh tortib, turli bahonalar o'ylab topadi. Odatda ular o'qishdan charchaganliklarini aytib, “ta'til” so'zini eshitishi bilan quvonchdan “do'ppisini osmonga otadi.”

CHunki ko'pchilik odamlar maktab o'quvchilari to'qqiz oy tinimsiz o'qib, atigi uch oy dam oladi, deb o'ylashadi.

QALAMPIR.UZ esa O'zbekistonda maktab o'quvchilari aslida necha kun o'qishi va necha kun dam olishini hisoblab chiqdi.

Unga ko'ra, 2021-2022 o'quv yili mobaynida maktab o'quvchilari jami 175 kun dam olishgan.

Bu esa yilning qariyb yarmini o'quvchilar dam olish bilan o'tqazganliklarini anglatadi.

Bu ma'lumot qaerdan keldi degan savolga, biz quyidagi dam olingan va ta'til kunlari hisob-kiiobini keltirishimiz mumkin:

YOzgi uch oylik ta'til- 92 kun;
Darslar 3 sentabr emas 6 sentabrdan boshlanganini hisobga olsak, sentabr oyida – 5 kun;
O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1 oktabr kuni– 1 kun;
O'quv yilining II choragi tugashi munosabati bilan 4-9 noyabr kunlari ta'til kunlari – 6 kun;
8 dekabr Konstitusiya qabul qilingan kun munosabatiga – 1 kun;
O'quv yilining II choragi tugashi va Yangi yil bayrami uchun 28 dekabrdan 24 yanvargacha – 28 kun;
8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan – 1 kun;
O'quv yilining III choragi tugashi va Navro'z bayrami munosabati bilan 21-26 mart kunlari – 6 kun;
Ramazon hayiti kunini nishonlash uchun 3 may kuni – 1 kun;
9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan – 1 kun;
O'quvchilarga yakshanba kuni dars o'tilmasligini hisobga olsak 2021 yil sentabr oyidan 2022 yil may oyigacha jami yakshanba kunlari soni – 33 kun.

Yuqoridagi hisob-kitoblar ko'pchilikni hayratga solgan bo'lishi aniq.

1 yilda 365 kundan iborat ekanligini inobatga olsak, maktab o'quvchilari yil davomida atigi 190 kun ta'lim olishgan. Bu esa bor-yo'g'i olti oydan biroz ko'proqni tashkil qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun bu ta'lim muddati yetarli bo'lishi mumkin. Lekin, yuqori sinf o'quvchilariga bu muddat kerakligicha bilim olish uchun yetarmikan?

Ayniqsa, Oliy talim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun.

Ma'lumot uchun, joriy yilda oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun imtihon topshirgan abiturientlarning yarmidan ortig'i o'tish balining eng quyi chegarasi – 56 ballni ham to'play olmagandi.

Buni garchi ularning hammasi bu yilgi maktab bitiruvchisi emasligini aytib o'zini oqlab chiqqan bo'lsa ham, 56 balldan past to'plaganlarning barchasi qachondir maktabni bitirgani hech kim uchun sir emas.

“Barchani e'tiborini qaratgan asosiy ko'rsatkich, ya'ni o'tish ballini to'play olmagan 514 624 nafar abiturient ichida joriy yil maktab bitiruvchilari salmog'iga e'tibor qaratsak. Ular ichida 108 ming nafar abiturient joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi, ya'ni har besh nafardan biri”,- deyilgan vazirlik xabarida.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.2K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-11-05 06:52:58
ФИНЛАНДИЯ ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИНГ БИЗ БИЛМАГАН ЖИХАТЛАРИ...

Финландия, мактабларида одатда дарслар, худудларга қараб,  эрталабки соат 9:00 дан- 9:45 гача бошланади.
Бу бўйича Фин тадқиқотчилари ўз тадқиқотларида, мактаблар қанча эрта бошланса, ўқувчининг саломатлиги ва билим олишга иштиёқини сусайишига шунча катта салбий таьсир кўрсатишини аниқлашган.
Одатда мактаблардаги дарслар соат 14:00 дан бошлаб, 14:45 гача тугайди..
Финландия таълим тизимининг дунёда ЭНГ олдинги ўринларда бўлишлигининг яна бир ўзига хос жихати шундан иборатки , ушбу мамлакат мактабларида, дарслар орасидаги танаффусларга ҳам кўп вақт ажратилади.
Одатда, Фин мактаб ўқувчилари, ҳар бир дарс машғулотидан кейин, камида 15-20 дақиқа танаффус вақтларига эгалар..


Даврон Акбаров
Фарғона вилояти
Данғара тумани
12-мактаб директори.
Педагог-тадқиқот
чи


https://t.me/ustozlar_uchun
1.3K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash