Get Mystery Box with random crypto!

​​Xushxabar! Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ish haqi kechi | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​Xushxabar!

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun kompensasiya to‘lanishi belgilanadi.

Unga ko‘ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

Ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida ushbu kodeksga kiritilgan 333-moddaga ko‘ra moddiy javobgar bo‘ladi.

Ya’ni, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensasiya) bilan birga to‘lashi shart.


https://t.me/ustozlar_uchun