Get Mystery Box with random crypto!

​​Ikkinchi chorakdan boshlab onlayn darslar tajriba-sinovdan o | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​Ikkinchi chorakdan boshlab onlayn darslar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Masofaviy ta’limni umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ta’lim olish jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etib borish maqsadida masofaviy ta’lim shakli — “Online maktab” dasturi tajriba-sinov jarayonlari o‘tkaziladi.Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab o‘tkaziladigan mazkur masofaviy ta’lim jarayonida Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf o‘quvchilari ota-onalar va o‘quvchilarning o‘z ixtiyoriga asosan saralab olinadi.

Bunda umumta’lim maktablari ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari bilan anketa-so‘rovnomalari o‘kaziladi hamda uning natijalariga ko‘ra talabgor o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi.

Masofaviy ta’lim jarayonlariga jalb etilgan o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash va o‘zlashtirish jarayonlarini monitoring qilib borish maqsadida boshlang‘ich sinov (kirish testi) o‘tkaziladi.

Sinov natijalariga ko‘ra, masofaviy ta’lim olishga mo‘ljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar o‘quvchidan iborat, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf tashkil etiladi.

Mazkur tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha kelgusida umumiy o‘rta ta’lim bosqichida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha zarur takliflar tayyorlanadi. “Online maktab” dasturi tajriba-sinov jarayonlari haqidagi to‘liq ma’lumot bilan Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin


https://t.me/ustozlar_uchun