Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 121

2022-02-08 16:54:03 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Zyule 2022/23-yilgi mavsumdan "Borussiya D" jamoasida faoliyatini davom ettiradi

"PSJ" Mbappe bilan shartnoma uzaytirish mumkin deb hisoblamoqda [RMC Sport]

"Yuventus" Dibalaga taklif etadigan yangi shartnomada ham uning maoshini oshirmaydi [Calciomercato]

Messi joriy mavsum Fransiya chempionatida 7 marta darvoza to'sinini nishonga oldi. Leo bu ko'rsatkich bo'yicha TOP5 chempionatlarda peshqadamlik qilmoqda

Nike kompaniyasi Grinvud bilan shartnomani rasman bekor qildi

"Atletiko" safida debyut qilgan Vass "Barselona"ga qarshi bahsda jarohat oldi va 6-8 haftaga safdan chiqdi

"Man.Yunayted" futbolchilari Fred va Tellesda koronavirus aniqlandi. Ulad "Bernli"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi

Ryudiger haftasiga 225 ming funt maosh olishni istamoqda. U "Chelsi" va "Real"ning takliflariga rad javobini berdi [The Athletic]

Salah: "12 kun ichida biz 120 daqiqadan davom etgan 4 o'yinda maydonga tushdik. Bu o'yinlar o'tmishda qoldi. Keyingi oyda biz ular bilan yana uchrashamiz va revansh olamiz"

"Barselona" "Spotify" kompaniyasi bilan 3 yil uchun 280 mln yevroli shartnoma imzolaydi [Diario Sport]

Ibrahimovich jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi. U "Latsio" va "Sampdoriya"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi [Calciomercato]

Kazemiro: "Ronalduning Madridi yoki Zidanning Madridi ? Yo'q. Muxlislar bu jamoani Chempionlar ligasini ketma-ket 3 marta qo'lga kiritgan jamoa sifatida eslab qolishadi. Unda hamma muhim edi"

Zyule "Borussiya D"da yiliga 10 mln yevro maosh oladi. "Bavariya" taklifi bundan kamroq bo'lgan [Sport1]

Mane Afrika Kubogi haqida: "Hayotimdagi eng yaxshi so'vrin. Men Chempionlar ligasi va boshqa sovrinlarni yutganman, ammo bu men uchun muhimroq"

Di Mariya jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. U "Real"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin [L'Equipe]

Neymar "Real"ga qarshi ilk o'yinga qadar tiklanishga ulgirmaydi [L'Equipe]

Karrager Salah haqida: "Eng yaxshi penaltichi penaltilar seriyasida 5-bo'lmasligi kerak. Ronaldu bilan ham shunday bo'lgan edi"

"Milan" A Seriyaning Jiru maydonga tushgan barcha 8 o'yinida g'alaba qozondi

Zyulening agenti "Borussiya" haqida: "Bizda kattaroq maoshli takliflar ham bor edi"

Dibala "Barselona"ga o'tishi mumkin [todofichajes]

Rangnik: "Menda Lingard bilan bog'liq muammo yo'q. Men uni Grinvud bilan bog'liq voqeadan oldin qo'yib yuborishga ham tayyor edim"

Agar Ronaldu "Bernli"ga qarshi bahsda ham gol ura olmasa, bu Krishtianu uchun so'nggi 12 yil ichidagi eng uzun golsiz seriyaga aylanadi

Kazemiro: "Ronaldu va Messi futbolni o'zgartirib yuborishdi. Avvallari eng yaxshi futbolchilar 20-25 gol urishar edi"

Musa Dembele 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.5K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-02-07 13:04:34 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Senegal o'z tarixida ilk bor Afrika Millatlar kubogi g'olibiga aylandi

Mane Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mendi - eng yaxshi darvozabon, Abubakar esa eng yaxshi to'purar (8) sovrinlarini qabul qilib olishdi

Mbappe: "Men kelajagim borasida bir qarorga kelganimcha yo'q. "Real"ga qarshi o'ynashimiz ko'p narsani o'zgartiradi. Men faqat g'alaba haqida o'ylamoqdaman"

Jota joriy mavsum "Liverpul" safida kiritgan gollari sonini 15taga yetkazib oldi. APL klubi vakillaridan faqat Salah (23) bu ko'rsatkich bo'yicha undan oldinda

Laporta Dembele haqida: "Barselona" unga iyungacha maosh to'lar ekan, demak uning hizmatidan foydalanish mantiqan to'g'ri bo'ladi"

Dani Alves "Barselona" safida gol urgan eng yoshi katta (38 yil 276 kun) futbolchiga aylandi

Xavi: "Bugun biz barcha ko'rishni istayotgan "Barselona"ga guvoh bo'ldik.To'xtash niyatimiz yo'q"

Noyer tizzasidan operatsiya qilindi va yaqin haftalar ichida "Bavariya"ga yordam bera olmaydi

Arauxo agentiga APL jamoalaridan qiziqish bo'layotganiga qaramasdan "Barsa"dan ketish niyatida emasligini ma'lum qildi [Jerar Romero]

Zyulening agenti "Bavariya" bilan shartnoma imzolanmagani haqida: "Gap pulda emas. Yangi jamoa tanlab bo'lingan"

Pike "Barselona" libosida 593-o'yinda maydonga tushdi va bu ko'rsatkich bo'yicha Puyolga yetib oldi

Rivaldo Obameyang va Traore haqida: "Barselona" uchun bu yaxshi tanlov. Ammo ular bilan jamoa yaqin orada La liga va Chempionlar ligasida g'olib bo'la olmaydi"

"Borussiya D" Bundeliga tarixida ilk bor "Bayer"dan 5ta gol qabul qilib oldi

Klopp: "Luis Dias oyog'i ko'kargan va tilingan joyi bor. Endi hamma unga: "Angliyaga xush kelibsan", deydi. Bu chandiq tufayli u birinchi o'yini qanday o'tganini esidan chiqarmaydi"

"Atletiko" La ligada 7 yildan buyon ilk bor birinchi bo'limda 3ta gol o'tkazib yubordi

Simeone: "10 yil davomida «Atletiko» himoyada mustahkam o'ynadi, ammo bu mavsumda biz ushbu chiziqda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak"

Pike 2019-yilda De Ligt "Barsa"ga o'tsa kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishini aytib uni kataloniyaliklar tarkibiga o'tish fikridan qaytargan [Diario Sport]

Allegri Vlaxovichning debyut goli haqida: "U o'rganishi kerak bo'lga ayrim narsalar bor"

"Yuventus" yozda Dembeleni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Turinliklar futbolchiga yiliga 10 mln yevro maosh taklif etishmoqda [Diario Sport]

Anchelotti: "Real"da hozir qiyin davr davom etmoqda. Ammo men futbolchilardan bunga yaxshi reaksiya va 3 ochko kutgan edim"

Pochettino Messining goli haqida: "Dunyoning eng yaaxshi futbolchisi. Uning moslashishiga biroz vaqt kerak"

"Yuventus" joriy mavsum ilk bor A Seriyada kuchli 4likka kirdi

Asensio La ligada joriy mavsumdagi 6-golini urishga muvaffaq bo'ldi va shaxsiy rekordini yangiladi

"Ayaks" jamoasi rahbari Overmars ayol hamkasblariga kurakda turmas smslar jo'natgani sababli ishdan bo'shatildi

Ronalduning Instagramdagi obunachilari soni 400 mlntaga yetdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.5K views10:04
Ochish/sharhlash
2022-02-07 12:18:48
Dam olish kunlari bo'lib o'tgan bahslardan so'ng Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya chempionatlarining turnir jadvali va boshqa statistikalari

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.0K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-02-06 21:58:42
Afrika Millatlar kubogi. Final.

Senegal - Misr

Tarkiban Senegal kuchli ko'rinmoqda

O'yinni tomosha qilish uchun ssilka:




Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
5.7K views18:58
Ochish/sharhlash
2022-02-06 21:46:12
"Barselona" qaytdi(mi)

Agar futbolchilar "Barselona" uchun bugungidek yonib o'ynashda davom etishsa, Xavi jamoani yo'lga qo'yib olishi ancha oson bo'ladi. Debyutantlar ham jamoaga yangi kayfiyat olib kirganiga guvoh bo'ldik. Xavi faqat tartibni va muhitni yaxshi holda saqlay olsa ham bu tarkib ancha narsaga qodir. Zerikarli ko'rina boshlagan La liganing bu mavsumiga yangicha rang kira boshlaganidan xursandman.

Odatda himoya va darvozabon "Atletiko"ni qo'llab kelar edi. Ammo bugun barcha gollarga aynan mana shu chiziq vakillarining qo'pol xatolari sabab bo'ldi. Simeone jamoasining DNKsini o'zgartirmoqchi ammo buni hozircha uddalay olmayapti

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
6.6K views18:46
Ochish/sharhlash
2022-02-06 21:00:14
Sevimli klubing yutsa va farzanding ushbu o'yinda gol ursa

Xarvi Elliotning otasi o'g'lining kiritgan goliga reaksiyasini tomosha qiling

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
8.0K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-02-06 18:30:02
"Барселона" - "Атлетико"
"Реал Мадрид" - "Гранада"
Сенегал - Миср

ўйинларини тўлиқ тарзда, голлари ва ҳавфли вазиятларини ташлайдиган каналга обуна бўлинг!


Айтганча, бугун Сенегал - Миср ўйинини қаерда кўраман, деб хавотир олаётган пайтингиз яна ASL FUTBOL канали катта сахнага чиқади, Ушбу канал эгалари 23:55 дан бошлаб ушбу ўйинни ўз инстаграмида ўзбекча транслятсия қилишар экан!

Обуна бўлиш!
https://telegram.me/+GoFGPc8rSj9jZWVi
8.9K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-02-06 15:56:43
Art_Masters жамоаси ўз хизматлари таклиф этади:

Барельеф
Роспись
Интерьер и экстерьер дизайн 3DMax
Нақш, ганч, хаттотлик
Отточенто, венецианка
Турлов
Хайкалтарошлик
Живопись, Портрет

Тажрибали рассомлар ўз ишини тез ва сифатли бажариши кафолатланади.

Тел: +998977977585

Бизни кузатиб боринг:
@art_mastersuz
14.0K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-02-06 13:24:09 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Afrika Millatlar kubogining 3-o'rin uchun bahsida Kamerun termasi Burkina-Fasodan 0:3 hisobida ortda qolaturib bahsni 3:3 hisobida yakunladi va penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g'alaba qozondi

Pioli: "Milan" yaxshi formada bo'lmasa ham A Seriyaning eng yaxshi jamoasini mag'lub eta oldi"

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 29 o'yinda 35ta gol urdi

Tedesko boshchiligidagi "Leypsig" Bundesligada ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Bunga qadar ketma-ket 4 g'alaba qayd etilgan edi

Jiru: "Milan" yengilishni istamadi. Biz chempionlik uchun kurashishda davom etamiz"

"Inter" 2021-yil oktabr oyidan buyon ilk bor A Seriyada mag'lubiyatga uchradi

Gvardiola Angliya Kubogida haqida: "Og'ir turnir. APLning bit nechta klublari musobaqadan chiqib ketganini ko'rdik, "MYU" ham turnirni tark etdi"

"Real" Ispaniya kubogini tark etgan bo'lishiga qaramay rahbariyat Anchelottiga ishonadi [Marca]

Ramos, Neymar va Ikardi "Lill"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi

"Barselona" Aspilikueta va Kristensen transferini tezroq hal etishni istamoqda [Diario Sport]

Benzema "Granada"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi [Nils Kern]

"Midslbro"ga qarshi bahsda penaltidan gol ura olmagan "MYU" futbolchisi Elanga irqchilar hujumiga uchradi [Sky Sports]

"PSJ" "Ayaks" hujumchisi Antoniga qiziqish bildirmoqda. Amsterdamliklar futbolchisi uchun 60 mln yevro talab qilishmoqda [Adrien Grenye]

Marotta "Barselona"ning Brozovichga qiziqishi haqida: "Martselo qolishni istamoqda. Yangi shartnoma ustida ishlamoqdamiz"

A Seriya JCH2022 paytida AQShda mini turnir tashkil etmoqchi. Turnirda mundialga bormagan futbolchilar ishtirok etishadi

"Man.Yunayted" 151 yildan buyon Angliya Kubogining penaltilar seriyasida g'alaba qozona olmay kelmoqda

"Man.Siti" Arauxoga qiziqmoqda. Gvardiola futbolchi agenti bilan tushlik qildi [As]

Xavi Arauxoning shartnomasi haqida: "Bu bizning asosiy maqsad. Klub uning agenti bilan kelishishga harakat qiladi"

"Atletiko"ga qarshi bahsda "Kamp Nou"ni 100 foiz to'lishiga ruxsat berildi

"Chelsi" Arauxoni Ryudigerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Chelsi" futbolchiga "Barsa"dagidan ikka karra ko'proq maosh taklif qilmoqda [Diario Sport]

Xavi: "Dembele - "Barselona"ning bir qismi. U professional. O'z oyog'ingga o'q uzib bo'lmaydi"

Azar Anchelotti unga adolatsizlik qilmoqda deb hisoblamoqda [Marca]

Rud Gullit: "Men Levandovski "Oltin to'p" olishiga ishongan edim. Afsuski u Messi va Ronaldu davrida yashamoqda. Uni ulardek yetarlicha qadrlashmayapti"

"Man.Siti" va "Liverpul" Sakaga qiziqmoqda. Klublar agar "Arsenal" Chempionlar ligasiga chiqa olmasa uni sotib olishga urinib ko'rishadi [ESPN]

Ryudiger "Chelsi"ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi [Daily Mail]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.3K views10:24
Ochish/sharhlash
2022-02-04 16:08:39 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Misr terma jamoasi penaltilar seriyasida Kemerunni mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Senegal va Misr o'rtasidagi final bahsi 6-fevral kuni bo'lib o'tadi

"Atletik" 1:0 hisobidagi g'alaba evaziga "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi

Anchelotti: "Bu "Real"ning mavsumdagi eng yomon o'yini bo'lgani yo'q. Ikki jamoa ham oxirigacha teng o'yin ko'rsatishdi"

"Betis" "Real Sosedad"ni 4:0 hisobida mag'lub etib Ispaniya kubogi yarim final bosqichiga chiqdi

Rangnik Pogbaning shartnomasi haqida: "U o'zining eng yaxshi jihatlarini ko'rsatish niyatida"

Pogba "Real"ga o'tish tarafdori. "MYU" futbolchisini erkin agentga aylanishiga qarshilik qilmaydi [ESPN]

Levandovski Ronaldu haqida: "Balki u avvalgidek yiliga 60ta gol ura olmayotgandir, ammo 30-40ta gol ham farqni yuzaga keltira oladi"

AQSh 3:0 Gonduras bahsida havo harorati -16 gradusgacha pasayib ketgani bois mehmonlar o'z posboni va hujumchisini zaxiraga olishga majbur bo'ldi

Zidan "PSJ"da Leonardo bilan ishlamoqchi emas. U o'ziga Venger yordam berishini xohlamoqda [Foot Mercato]

Lempard: "Klubning katta maqsadlari bor. Dastlab turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilashimiz kerak"

"Man.Yunayted" futbolchilari Grinvud bilan bog'liq suratlar va audioyozuvdan shokka tushib qolishgan [Daily Mail]

Grinvud garov puli evaziga ozod etilgan bo'lsa ham "MYU" mashg'ulotlariga qo'shilmaydi

Rangnik Grinvud bilan bog'liq voqea Lingardni "MYU"da qolishiga ta'sir qilganini tasdiqladi [Saymon Stoun]

"MYU" Grinvud liboslarini sotib olgan muxlislarga bu liboslarni tekinga almashtirib berishga rozi ekanini tasdiqladi

Benjamen Mendiga 10 yildan butun umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin [Sky Sports]

Laporta: "Barselona" La Liga va Yevropa ligasini yutishni istaydi"

Agar Umtiti maydonga tushmasa "Barselona" bundan 14 mln yevrogacha tejab qolishi mumkin [Diario Sport]

Obameyang: "Dembele - fantastik futbolchi. Umid qilamanki, u "Barsa" bilan kelishib oladi"

"Arsenal" Obameyang bilan shartnomani bekor qilgan bo'lsa ham iyun oyiga qadar uning maoshini to'lab boradi [The Athletic]

Levandovski: "Bavariya" - Chempionlar ligasining favoriti. Muhim pallada eng yuqori formaga chiqishimiz kerak"

"PSJ" Zidanga yiliga 12 mln yevro maosh taklif qilmoqda [Foot Mercato]

APLning 6 jamoasiga Dibala hizmati taklif qilindi [Goal]

Langle jarohat oldi

Eshli Koul "Everton"da Lempardning yordamchisiga aylandi

"Milan" Gabbiya bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirdi

Laporta: "Iyun oyidan tarkibni yanada kuchaytiramiz. "Barselona" to'g'ri yo'lda"

"Real" 2014-yildan buyon Ispaniya Kubogi finaliga chiqa olmayapti

"Vulverhempton" murabbiyi Brunu Laje yanvar oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

De Xea yanvar oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Agar jahon chempionati har 2 yilda o'tkazilsa, futbol olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarilishi mumkin

Levandovski: "The Best" "Oltin to'p"dan ko'ra qadrliroq. Tushundimki, ba'zan futboldagi siyosat ham rol o'ynar ekan"

Zidan Fransiya terma jamoasida ishlashni xohlaydi. Agarda Desham 2022-yilgi mundialdan so'ng termada qolsa, u "PSJ"ni boshqarishi mumkin [RMC Sport]

De Bruyne yanvar oyida "Man.Siti"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.1K views13:08
Ochish/sharhlash