Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.25K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 120

2022-02-19 19:57:55
9.5K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-02-19 19:57:55
9.5K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-02-19 19:57:55
9.4K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-02-19 16:22:51
11.3K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-02-19 16:22:51
11.0K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-02-18 16:45:08 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Fransiya Prezidenti Makron Mbappeni "PSJ" bilan shartnomani uzaytirishini so'radi [Elmundo.es]

Xavi: "Afsus ustunlikni gollarga aylantira olmadik. Darvoza tomon 20 marta zarba bersang 3-4ta gol urishing kerak"

"Milan" "Borussiya" va "Barselona" bilan birga Mazraui uchun kurashga qo'shildi. Himoyachi bir necha oy oldin "Ayaks"ni tark etishini ma'lum qilgan edi [Fabritsio Romano]

Anchelotti "PSJ" bilan bo'lgan o'yindan keyin rahbariyat bilan uchrashganini tasdiqladi

Pike: "Barsa" bu o'yini bilan Yevropa ligasini yutishi mumkin. Biz bu uchrashuvda 4-5ta gol urishimiz mumkin edi"

"Milan" turli mish-mishlarga qaramay Leau klub bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda [Fabritsio Romano]

"Man.Yunayted" yozda markzaiy hujumchi va markaziy varimhimoyachi sotib oladi [Fabritsio Romano]

"MYU" sotib olishni istayotgan Nkunku joriy mavsum "Leypsig" safida 28ta (20+8) golda ishtirok etdi

Myuller yanvar oyida Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Barselona" joriy mavsum "Kamp Nou"da o'tgan 4ta yevrokubok bahsining faqat bittasida g'alaba qozondi

Anchelotti: "Biz hujumda vertikalroq va tezroq o'ynashimiz kerak. Oxirgi paytlarda bu borada muammoga duch kelmoqdamiz"

"Chelsi" Maunt bilan shartnomani uzaytiradi. Meysonning Londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo'ljallangan [Fabritsio Romano]

"PSJ" "Sporting"dan ijaraga olgan himoyachisi Nunu Mendeshni 40 mln yevroga sotib oladi [Fabritsio Romano]

Keyn kelajagi borasidagi qarorni mavsum oxirida qabul qiladi. Uning qolish yoki ketishi 50ga 50 bo'lib turibdi [Dan Kilpatrick]

"Barselona" muxlislari "Napoli"ga qarshi o'yinda Dembelega hushtakvozlik qilishdi [Diario Sport]

Ramos jarohati sababli "Nant"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuboradi [Le Parisien]

Jota jarohati bois "Norvich"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, ammo "Chelsi"ga qarshi o'yingacha tiklanishi kutilmoqda [Devid Meddok]

"Man.Yunayted" Pogba bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Klub bu pozitsiyaga ko'zlagan boshqa futbolchisi bor [Manchester Evening News]

Fati "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yingacha safga qaytishga umid qilmoqda [Diario Sport]

Mbappe "PSJ"ning 45 mln yevrolik taklifiga rad javobini berdi [Adrian Grenye]

Balotelli: "Agar men Yevroda o'ynaganimda, biz g'alabalarni osonroq qo'lga kiritar edik"

"Chelsi" Gavi uchun 50 mln yevro berishga tayyor [Goal]

"Inter" yozda Lautaro Martinesni transferga qo'yadi. Jamoa uning o'rniga Skamakkani tarkibga qo'shib olishi mumkin [La Gazzetta dello Sport]

"Atletiko" Simeonini iste'foga chiqarishi mumkin. Rahbariyat yangi nomzodlar bilan muzokara o'tkazmoqda [Cardena Ser]

"Real" Ryudigerga yiliga 11 mln yevro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda

"Nyukasl" Pogbani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Mbappe "PSJ"ning kelajagi uning atrofida qurilishini istamoqda [L'Equipe]

"Real" Holand bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Ikki tomon vakillari Monakoda muzokara o'tkazishdi [Diario Sport]

Nagelsmann: "Bavariya" Chempionlar ligasini tark etishidan qo'rqmayman. Hayotdagi ayrim boshqa narsalardan ko'proq qo'rqaman"

Yozda erkin agentga aylanadigan Ginterga "Barselona" qiziqish bildirmoqda [Mundo Deportivo]

Spaletti: "Barselona" durangga loyiq, ammo penalti bo'lgan vaziyatda qoida buzarlik yo'q edi"

Fernandinyo yana bir mavsum "Man.Siti"da o'ynay olishi mumkinligiga ishonmoqda [The Times]

Messi: "Chempionlar ligasini yutish juda qiyin. Har doim ham eng yaxshi jamoalar g'alaba qozonaverishmaydi. Umid qilaman, "PSJ" muvaffaqiyatga erishadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.4K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-02-17 12:02:01 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Klopp Chempionlar ligasida 50ta g'alabani qo'lga kiritgan ilk nemis murabbiyiga aylandi

Levandovskining Chempionlar ligasidagi 22 o'yindan buyon davom etib kelayotgan g'alabali seriyasi barham topdi

Mane: "Liverpul" Chempionlar ligasini yutishni istaydi. Albatta oson bo'lmaydi, lekin bu imkonsiz emas"

Firmino YECHLda 18-golinu urdi va Ronaldinyoga yetib oldi

Shkrinyar: "Inter" ayrim jihatlarda ustunlik qildi. "Liverpul" bilan bir darajada o'ynay olishimiz mumkinligini ko'rsatdik"

Messi "Real"ga qarshi bahsda raqiblarni 5 marta aldab o'tdi va maydonning 3-qismida 45ta uzatmani amalga oshirdi. Bu mazkur bahsda ishtirok etganlar ichida eng yaxshi ko'rsatkich

Kroos: "Ronaldu bilan o'ynaganimzida u barini o'zi uddalaydigandek tuyulardi. U irodasi evaziga "Real"ni oldinga boshlardi va o'yinlar taqdirini hal etardi"

Salah "Liverpul" safida YECHLda dastlabki 50 o'yinda 33ta gol urdi. Faqat Ronaldu va Levandovski bu vaqt ichida ko'proq gol ura olishgan

Klopp: "Liverpul" uchun bu eng yaxshi kun emasdi, ammo yutish uchun yetarlicha haqli o'yin ko'rsatdik"

Reshford, Maguayr va boshqa ingliz futbolchilari Ronalduning kiyim almashtirishxonasida futbolchilarni boshqarishga urinishi yoqmayapti. Ular orasida munosabat yomonlashgan bo'lishi mumkin [Kristian Falk]

Xavi: "Mavsum oxiriga qadar Dembele jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi"

Neymar "Real"ga qarshi bahsdan keyin xafa bo'lgan Messiga dalda berdi [RMC Sport]

Pochettino: "Messi o'yinni ajoyib o'tkazdi. "PSJ" ham yaxshi o'ynadi, chunki Leo ayrim elementlarni bog'lay oldi"

Peres "Real" murabbiyligiga Pochettinoni tayinlamoqchi. Florentino "PSJ"ga qarshi o'yindan so'ng g'azabda bo'lgan [The Independent]

Pedri: "Men Messini sog'inmoqdaman, chunki u eng yaxshi futbolchi. Biroq mehnat qilishda davom etmoqdaman"

Pogba boshqa APL jamoalari taklifini ham ko'rib chiqishga tayyor. Ammo u "MYU"da qolishu ham mumkin [The Independent]

Gvardiola Bernardu Silva haqida: "Men doim aytganman, u ideal futbolchi. G'alaba qozonishimiz uchun unda barchasi yetarli"

"Barselona" va "Yuventus" Kulibaliga qiziqish bildirmoqda. "Napoli" himoyachisini 40 mln yevroga sotishi mumkin [Mundo Deportivo]

Xavi "Barselona"da o'tkazgan dastlabki 100 kuni haqida: "Huddi 100 yildek tuyuldi, chunki kutilmagan voqealar ko'p bo'ldi"

Salah "Liverpul" safida Chempionlar ligasining so'nggi 8ta safar o'yinida gol urdi

Jeko: "Yevropaning eng kuchli jamoalaridan buri 65 daqiqa hech nima qila olmadi. Boshimizni baland ko'tarib chiqib ketsak bo'ladi"

"Bavariya"ning YECHLda safar o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasi 22taga yetdi. Rekordli seriya davom etmoqda

"Barselona" De Ligt va De Vreyga qiziqish bildirmoqda. Klub borada Rayola bilan aloqaga chiqqan [Nikolo Skira]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.4K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-02-16 18:07:08
Liverpul klubining muxlislari uchun O'zbekistondagi maxsus kanal.

Bizga qo'shiling va muxlislar safidan joy oling.

Kanalga kirish uchun pastdagi havola ustiga bosing
8.8K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-02-16 11:17:14 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Man.Siti" so'nggi 13 o'yindan 12tasida g'alaba qozondi

Gvardiola: "Ayrim futbolchilar yomonroq o'ynashdi va to'pni oson oldirib qo'yishdi. 0:5 hisobi bu "Man.Siti" va "Sporting" orasidagi tafovut emas"

Mbappe "PSJ" - "Real" o'yinida eng yaxshi futbolchi sovrinini qo'lga kiritdi

Pochettino: "PSJ" o'yinni nazorat qildi va g'alabaga loyiq edi. Birinchi qadam muhim"

Pochettino YECHLda "Real"ga qarshi o'tkazgan 3 o'yinidan 2tasida g'alaba qozonib, 1 durang qayd etdi

Neymar 2022-yilda ilk bor maydonga tushdi va o'z hisobiga assistni yozdirib qo'ydi

Anchelotti: "Mbappe ayni payt Yevropadagi eng yaxshi futbolchi va u farqni yuzaga keltirdi. "Bernabeu"da boshqacha o'ynaymiz"

"Real" "PSJ"ga qarshi bahsda raqib darvozasiga birorta aniq zarba yo'llay olmadi. Bunday holat so'nggi 6 mavsumda ilk bor kuzatilishi

Mbappe: "Men eng yaxshi jamoada o'ynayotganimni bilishim uchun "Real" bilan bahs bo'lishi muhim emas. Men "PSJ"da baxtliman"

Mbappe Chempionlar ligasining so'nggi 13 o'yinida 13ta gol urdi

Ronaldu 6 o'yin davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi

De Xea: "Man.Yunayted" TOP4talikdan ko'ra kattaroq narsalar uchun kurashishi kerak"

De Xea APLda "MYU" tarkibida 128-quruq o'yinni o'tkazdi va Shmexyel rekordiga yetib oldi

Messi Chempionlar ligasida amalga oshirilmagan penaltilar soni bo'yicha (5) Anrining antirekordini yangiladi

Ronaldu: "Tinimsiz mehnat - g'alabali yo'lga qaytish uchun yagona yo'l. Qolgan barchasi shunchaki shovqin"

Ronaldu "MYU" tarkibida 37 va undan katta yoshda gol urgan Giggz va Skoulz natijasini takrorladi

Pike Laportaga moliyaviy feyr pley muammosini hal etish uchun Messini olib qolmaslikni maslahat bergan. Pike va Messi orasidagi munosabat yomonlashishiga aynan shu sabab bo'lgan [El Pais]

"Real" Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ilk o'yinda 0:1 hisobida yengilgan 26ta bahsdan 15tasida keyingi bosqichga o'tgan

"Nyukasl" yozda "Sevilya"dan Diyego Karlosni sotib oladi [Marca]

"Barselona" Aspilikuetaga 2024-yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi [Nikolo Skira]

Matich "MYU"dagi kelajagi borasida rahbariyat bilan kelishib olmoqchi [Goal]

Dembele o'zini "Barselona" yaxshi his qilmoqda va jamoadoshlari bilan munosabati yaxshi [Diario Sport]

Pogba kelajagi borasida bir qarorga kelganicha yo'q. U shoshmoqchi emas [Fabritsio Romano]

Kurtua: "Biz yaxshi himoyalandik, ammo ko'p noaniq uzatmalarni amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynamadik"

Kurtua o'z darvozasi tomon belgilangan so'nggi 3 penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi

Pochettino va Messi o'rtasidagi munosabat juda yaxshi [El Pais]

Messi "Real"ga qarshi so'nggi 8 o'yindan buyon gol ura olmayapti

Peresning "PSJ" prezidenti bilan munosabati yomonlashgan [Marca]

Nagelsmann: "Himoyada 4ta gol o'tkazsang himoya tanqid qilinishi tabiiy. Ammo biz himoyada barqarorroq o'ynay boshladik"

"Man.Siti" "Atletiko Mineyro" klubidagi 17 yoshli Savinyo ismli iste'dodli futbolchini tarkibiga qo'shib olishga yaqin [Fabritsio Romano]

Klopp: "Inter" joriy mavsum A Seriyaning eng yaxshi jamoasi. Ular juda kreativ va nima qilishayotganini bilishadi"

"Liverpul" Milnerga bir yillik shartnoma taklif etdi. Klopp uni jamoaning bir qismi deb hisoblaydi [Fabritsio Romano]

Myuller kelajagi haqida: "Meni "Bavariya" bilan 2023-yilgacha mo'ljallangan shartnomam bor. Men baxtliman va klubdagi holatimdan qanoatlanmoqdaman"

Rangnik "MYU" murabbiyligida ishlashda davom etmoqchi. Ammo klub mavsum oxirida yangi murabbiy tayinlanishini xohlamoqda va unda Rangnik ham ishtirok etishini istamoqda [Fabritsio Romano]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.7K views08:17
Ochish/sharhlash
2022-02-16 01:44:47
Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidagi eng kutilgan "PSJ" - "Real" o'yinini ko'ra olmadim. Sababi APLning 18-turidan qoldirilgan "MYU" - "Brayton" o'yini sharhida edim. Lekin afsusda emasman.

Chunki Parijdagi bahsdan ko'ra, "Old Trafford"dagi uchrashuv voqealari qiziqarliroq va o'yin ham murosasizroq o'tti chamamda.

"Park de Prens"dagi o'yinni kuzatganlarga esa Manchesterda bo'lib o'tgan bahsdagi gollarni ilindim.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
2.7K views22:44
Ochish/sharhlash