Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Misr terma jamoasi pen | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Misr terma jamoasi penaltilar seriyasida Kemerunni mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Senegal va Misr o'rtasidagi final bahsi 6-fevral kuni bo'lib o'tadi

"Atletik" 1:0 hisobidagi g'alaba evaziga "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi

Anchelotti: "Bu "Real"ning mavsumdagi eng yomon o'yini bo'lgani yo'q. Ikki jamoa ham oxirigacha teng o'yin ko'rsatishdi"

"Betis" "Real Sosedad"ni 4:0 hisobida mag'lub etib Ispaniya kubogi yarim final bosqichiga chiqdi

Rangnik Pogbaning shartnomasi haqida: "U o'zining eng yaxshi jihatlarini ko'rsatish niyatida"

Pogba "Real"ga o'tish tarafdori. "MYU" futbolchisini erkin agentga aylanishiga qarshilik qilmaydi [ESPN]

Levandovski Ronaldu haqida: "Balki u avvalgidek yiliga 60ta gol ura olmayotgandir, ammo 30-40ta gol ham farqni yuzaga keltira oladi"

AQSh 3:0 Gonduras bahsida havo harorati -16 gradusgacha pasayib ketgani bois mehmonlar o'z posboni va hujumchisini zaxiraga olishga majbur bo'ldi

Zidan "PSJ"da Leonardo bilan ishlamoqchi emas. U o'ziga Venger yordam berishini xohlamoqda [Foot Mercato]

Lempard: "Klubning katta maqsadlari bor. Dastlab turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilashimiz kerak"

"Man.Yunayted" futbolchilari Grinvud bilan bog'liq suratlar va audioyozuvdan shokka tushib qolishgan [Daily Mail]

Grinvud garov puli evaziga ozod etilgan bo'lsa ham "MYU" mashg'ulotlariga qo'shilmaydi

Rangnik Grinvud bilan bog'liq voqea Lingardni "MYU"da qolishiga ta'sir qilganini tasdiqladi [Saymon Stoun]

"MYU" Grinvud liboslarini sotib olgan muxlislarga bu liboslarni tekinga almashtirib berishga rozi ekanini tasdiqladi

Benjamen Mendiga 10 yildan butun umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin [Sky Sports]

Laporta: "Barselona" La Liga va Yevropa ligasini yutishni istaydi"

Agar Umtiti maydonga tushmasa "Barselona" bundan 14 mln yevrogacha tejab qolishi mumkin [Diario Sport]

Obameyang: "Dembele - fantastik futbolchi. Umid qilamanki, u "Barsa" bilan kelishib oladi"

"Arsenal" Obameyang bilan shartnomani bekor qilgan bo'lsa ham iyun oyiga qadar uning maoshini to'lab boradi [The Athletic]

Levandovski: "Bavariya" - Chempionlar ligasining favoriti. Muhim pallada eng yuqori formaga chiqishimiz kerak"

"PSJ" Zidanga yiliga 12 mln yevro maosh taklif qilmoqda [Foot Mercato]

APLning 6 jamoasiga Dibala hizmati taklif qilindi [Goal]

Langle jarohat oldi

Eshli Koul "Everton"da Lempardning yordamchisiga aylandi

"Milan" Gabbiya bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirdi

Laporta: "Iyun oyidan tarkibni yanada kuchaytiramiz. "Barselona" to'g'ri yo'lda"

"Real" 2014-yildan buyon Ispaniya Kubogi finaliga chiqa olmayapti

"Vulverhempton" murabbiyi Brunu Laje yanvar oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

De Xea yanvar oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Agar jahon chempionati har 2 yilda o'tkazilsa, futbol olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarilishi mumkin

Levandovski: "The Best" "Oltin to'p"dan ko'ra qadrliroq. Tushundimki, ba'zan futboldagi siyosat ham rol o'ynar ekan"

Zidan Fransiya terma jamoasida ishlashni xohlaydi. Agarda Desham 2022-yilgi mundialdan so'ng termada qolsa, u "PSJ"ni boshqarishi mumkin [RMC Sport]

De Bruyne yanvar oyida "Man.Siti"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan