Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.25K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 119

2022-02-22 14:11:16 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Jorjinyo: "Gvardiola qo'l ostida maydonga tushishni orzu qilaman. Men uni etalon deb bilaman"

Ronaldu The Independent nashri tomonidan "Lids"ga qarshi bahsdagi harakatlari uchun 5 ball oldi xolos. Faqatgina van-Bissaka undan pastroq ball oldi

"Real" yaqin kunlar ichida Vinisiusga yangi shartnoma taklif etadi [Fabritsio Romano]

Neymar kelajagi haqida: "Santos" safida yana maydonga tushishni istayman. Shuningdek, AQShda ham o'ynash niyatim bor"

Saudiya Arabistoni ayollar jamoasi tarixda ilk o'yinni o'tkazdi. 2018-yilga qadar saudiyalik ayollar stadionga kiritilmas edi

Ramos "Real"dan Pike "Barsa"da oladigan maosh berilishini so'ragan [Diario Sport]

Dest "Roma" safiga o'tishi mumkin. "Barselona" himoyachisini 20 mln yevroga sotishi mumkin [Corriere dello Sport]

"MYU" himoyani kuchaytirish uchun Kulibali variantini ham ko'rib chiqmoqda [Goal]

"Inter" Gabriel Jezusga qiziqish bildirmoqda [Goal]

Neymar Braziliya terma jamoasida Pele rekordini buzishni xohlayotganini aytdi

Bernardu Silva kelajakda "Real" tarkibida o'ynashni orzu qiladi [Calciomercato]

Luis Suares faoliyatini MLS yoki Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin

De Xea joriy mavsum APLda 92ta seyvni amalga oshirib bu ko'rsatkich bo'yicha yetakchilik qilmoqda

De Xea: "O'zimni huddi Manchesterlikdek his qilmoqdaman. O'zimni "MYU"dan boshqa jamoada ko'ra olmayman"

"Milan" Berardi transferiga qiziqish bildirmoqda. Milanliklar futbolchi uchun 30 mln yevro berishga tayyor

Aguero Messi haqida: "So'nggi 15 yilda Yevropada u singari o'ynay olishi mumkin bo'lgan futbolchini ko'rmadim"

Tomas Myuller koronavirus yuqtirib oldi

"Lill" murabbiyi: "Hech kim bizni guruhda peshqadam bo'lishimizga ishonmagan edi. Chempionlarga qarshi bahs biz uchun katta sinov"

"Yuventus" Kinni "PSJ"ga qaytarib berishi mumkin. Parijliklar Mbappe jamoani tark etadigan bo'lsa Kinni qaytarib olishga qarshi emas [Tuttosport]

Tuhel: "Avval ham "Chelsi" hujumchilarida muammolar bo'lgan. Balki, bu ular uchun oson ish emasdir"

"Tottenhem" Keynga yangi shartnoma taklif etmoqchi emas. Londonliklar Harri kelajagi borasi so'nggi qarorni eshitishni istashmoqda [The Athletic]

Arteta Edegor haqida: "U top futbolchiga aylanadi. Uning qilayotgan har bir ishi shunga qaratilgan"

Ramos "Real"ga qarshi javob o'yinigacha tiklana olmaydi [Marca]

Koke "MYU"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. "Atletiko" sardori so'nggi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi [Marca]

"Real" Odriosolani ortga qaytarish haqida o'ylamoqda [As]

Skoulz: "Brunu hali to'qnashuv bo'lmasidan hakamdan jarima zarbasi so'ramoqda. Balki u shunday nozik futbolchidir"

Hakam haqidagi so'zlari uchun Leonardo va Veratti jazoga tortilishlari mumkin [RMC Sport]

Morata Allegri haqida: "U menga "Yuve"da qolishim kerakligini va menga ishonishini aytdi. Uni ishonchini oqlash uchun harakat qilishim kerak"

Beyl yozda "Real"ni erkin agent sifatida tark etadi. Futbolchi APL va MLS klublaridan taklif olgan [Nikolo Skira]

Roy Kin Sancho haqida: "U kurajni ushlab oldi. Shuncha tanqidlardan so'ng buni ko'rish yoqimli"

"Real", "Barsa" va "Yuve" AQShda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqchi va "Milan"ga ham taklif jo'natish niyatida[ESPN]

Azar asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun "Real"dan ketmoqchi [Defensacentral]

Obameyang Dembele haqida: "Unga "Barselona"da qolishi kerakligini aytdim. U ajoyib futbolchi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.7K views11:11
Ochish/sharhlash
2022-02-22 11:05:01
Ushbu futbolchi kimligini bilasizmi?!

@FUTBOLTV
RASMIY SAHIFASI

https://t.me/joinchat/AAAAAEp27pxwAkpe9fHqaQ
12.2K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-02-21 20:53:07
O'tgan hafta qahramonini aniqlaymiz (Ichki chempionatlarda)
Anonymous Poll
29%
Keyn (2ta gol)
25%
Abameyang (3ta gol)
13%
Benzema (1ta gol vs 2ta assist)
16%
Roys (2ta gol vs 3ta assist)
3%
Lyafon (8ta seyv vs 1ta penalti)
9%
Sancho (2ta assist)
4%
Boshqa futbolchi
9.2K voters14.0K views17:53
Ochish/sharhlash
2022-02-21 19:00:26
#Diqqat_savol
Lionel Messi nega 2016-yildan boshlab soqol o‘stirishni boshlagan?
6.5K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-02-21 15:29:04 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Obameyang XXI asrda La liga, APL, Bundesliga va Liga 1da bir o'yinda 3ta gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi

Arauxo bilan shartnomani uzaytirish "Barsa"ning yozdagi asosiy maqsadi. Himoyachi maoshi oshishini istamoqda [Diario Sport]

"Inter", "Yuventus" va "Milan" Depay transferiga qiziqish bildirishmoqda. Memfis ham "Barsa"ni tark etishga qarshi emas [Diario Sport]

Gvardiola Keyn transferi haqida: "U bilan shartnoma imzolash uchun bizga imkon berishmagan. Shunday ekan buni unutamiz"

Joriy mavsum "MYU" zaxirasidan maydonga tushgan futbolchilar 10ta gol urishdi. Bu ligadagi eng yaxshi ko'rsatkich

"Atalanta" A Seriyaning so'nggi 8 o'yindan faqat 1tasida g'alaba qozondi

"MYU" futbolchilari 2021-yil mart oyidan beri ilk bor burchak zarbasidan gol urishdi

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 32ta o'yinda 39ta gol urdi

"Barselona"ning La ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 9ta o'yinga yetdi

Brunu Fernandesh "Lids"ga qarshi o'tkazgan 4ta o'yinda 6ta gol urdi. "Lids" Brununing APLdagi eng ko'p gol urgan jamoasiga aylandi

"Inter" so'nggi 5 o'yindan faqat 1tasida g'alaba qozondi. Jamoa "Milan"dan 2 ochko farqi bilan ortda qolmoqda

Turin derbisida jarohat olgan Dibala "Vilyarreal" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin [Di Martsio]

Zlatan kelajagi haqida: "Ibra qachon to'xtashini faqat Ibraning o'zi hal qiladi. Meni hisobdan chiqarib qo'yishmoqda, ammo bu menga faqat motivatsiya beradi"

"Real" boshqa yangi taklif bermasligi bilan Mbappeni ogohlantirdi. "PSJ" Kilianga juda katta maosh taklif etmoqda [The Times]

Myuller: "Salah yil jamoasiga kirishga haqli edi. Ammo yozda Yevro bo'ldi. Yevropa futbolga katta ta'sir o'tkazadi"

"Lids"ga qarshi bahsda Elanga va Fredga uloqtirilgan narsalar uchun "Lids" klubi jazoga tortilishi mumkin [Sky Sports]

Xavi Pedri haqida: "Iste'dod bo'yicha unga teng keladigan futbolchi dunyoda yo'q"

Gvardiola Sterlingni "Man.Siti"da olib qolmoqchi [Fabritsio Romano]

Roy Kin: "MYU" to'rtlik uchun kurasha oladi, hammasi yaxshi bo'ladi"

Tedesko boshchiligida "Leypsig" 11-o'rindan 4-pog'onaga ko'tarildi

"Betis" so'nggi 11 o'yindan 9tasida g'alaba qozondi

Fergyuson 1999-yilgi final haqida: "MYU"ga biroz omad kulib boqqan. "Bavariya" so'nggi 20 daqiqada bizdan yaxshiroq edi"

"Man.Yunayted" agar YECHLga chiqa olmasa Ronaldu ketishiga to'sqinlik qilmaydi [Mirror]

"Barselona" Erling Holand uchun yiliga 20 mln yevro maosh taklif qilishga tayyor [Diario Sport]

Konte "Tottenhem" haqida: "Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi guruh, chunki ular bizning ishimiz to'g'riligiga oxirigacha ishonishadi"

"PSJ" 4 oy deganda ilk bir Liga 1da mag'lub bo'ldi. 15 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya barham topdi

Leonardo "PSJ" mag'lubiyati haqida: "E'tiroz bildirmoqchimasman, ammo hakam o'yin nazoratini qo'ldan chiqardi"

Roys o'z faoliyatida ilk bor bir o'yinda 5ta golda ishtirok etdi

Obameyang: "Men "Arsenal" safida ham "Mestalya"da 3ta gol urganman. Bu meni uyimga o'xshaydi"

Keyn "Man.Siti" darvozasiga urgan gollari haqida: "Aql bovar qilmas o'yin. Penalti yuragimizga og'ir botdi, ammo "Tottenhem" oxirigacha kurashadi"

Son: "Harri ajoyib futbolchi. U bilan birga bir jamoada o'ynash - sharaf"

Tuhel Luis Dias haqida: "Liverpul" kuchli futbolchini sotib oldi, ammo biz taslim bo'lmaymiz"

Arteta: "Arsenal"da birinchi turdan so'ng "Brentford"dan chandiq qolgan edi. Yakundan hursandman"

"Chelsi" Militaoni tarkibiga qo'shib olmoqchi. Himoyachi "Real"dan ketish niyati yo'q [Mundo Deportivo]

"Bavariya" va "Barselona" Kirstensenga o'z takliflarini yuborishdi [Goal]

Van de Bek "MYU"ga qaytmoqchi emas [Mirror]

Gyundogan: "Yaxshi xabar shuki, "Liverpul"ni "Man.Siti" maydoniga safar o'yini ham kutmoqda"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
17.5K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-02-21 10:41:50
Yil xet-trigi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
18.3K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2022-02-21 09:03:48
Kecha "She Believes Cup" turnirida AQSH va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o'yinida mehmonlar vakili Mur 1-taymda o'z davozasiga naqd 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi

Abameyangning xet-triki ham holva bo'lib qoldi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.6K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2022-02-21 06:29:44
Dam olish kunlari bo'lib o'tgan uchrashuvlarda so'ng Yevropa TOP5 chempionatlarining turnir jadvali va boshqa qiziqarli statistikalari

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.1K views03:29
Ochish/sharhlash
2022-02-19 22:55:45
"Man.Siti" 2:3 "Tottenhem"

Daxshatli uchrashuv!

Rosti "Sautgempton" va "Vulverhempton" bilan bo'lgan o'yinlardan so'ng "Tottenhem"ning himoyasi "Siti" hujumlariga dosh bera olmasa kerak deb o'ylagan edim. Ammo bugun aynan londonliklar Gvardiola jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ya olishdi.

Kontening pragmatik futboli balki unchalik yorqin emasdir ammo u "Siti"dek uslubda o'ynaydigan jamoalarga qarshi ish berishi mumkin. Albatta buning uchun Keyn va Son ham o'z darajasida harakat qilishi talab etiladi. Aytgancha bugun mazkur juftlikning tandemda kiritgan gollari soni 36taga yetdi va ular APL rekordchiladi Lempard-Drogba natijasiga yetib olishdi.

APL taxti uchun kurashda intriga qaytmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
5.6K viewsedited  19:55
Ochish/sharhlash
2022-02-19 19:57:55
9.5K views16:57
Ochish/sharhlash