Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Afrika Millatlar kubog | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Afrika Millatlar kubogining 3-o'rin uchun bahsida Kamerun termasi Burkina-Fasodan 0:3 hisobida ortda qolaturib bahsni 3:3 hisobida yakunladi va penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g'alaba qozondi

Pioli: "Milan" yaxshi formada bo'lmasa ham A Seriyaning eng yaxshi jamoasini mag'lub eta oldi"

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 29 o'yinda 35ta gol urdi

Tedesko boshchiligidagi "Leypsig" Bundesligada ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Bunga qadar ketma-ket 4 g'alaba qayd etilgan edi

Jiru: "Milan" yengilishni istamadi. Biz chempionlik uchun kurashishda davom etamiz"

"Inter" 2021-yil oktabr oyidan buyon ilk bor A Seriyada mag'lubiyatga uchradi

Gvardiola Angliya Kubogida haqida: "Og'ir turnir. APLning bit nechta klublari musobaqadan chiqib ketganini ko'rdik, "MYU" ham turnirni tark etdi"

"Real" Ispaniya kubogini tark etgan bo'lishiga qaramay rahbariyat Anchelottiga ishonadi [Marca]

Ramos, Neymar va Ikardi "Lill"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi

"Barselona" Aspilikueta va Kristensen transferini tezroq hal etishni istamoqda [Diario Sport]

Benzema "Granada"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi [Nils Kern]

"Midslbro"ga qarshi bahsda penaltidan gol ura olmagan "MYU" futbolchisi Elanga irqchilar hujumiga uchradi [Sky Sports]

"PSJ" "Ayaks" hujumchisi Antoniga qiziqish bildirmoqda. Amsterdamliklar futbolchisi uchun 60 mln yevro talab qilishmoqda [Adrien Grenye]

Marotta "Barselona"ning Brozovichga qiziqishi haqida: "Martselo qolishni istamoqda. Yangi shartnoma ustida ishlamoqdamiz"

A Seriya JCH2022 paytida AQShda mini turnir tashkil etmoqchi. Turnirda mundialga bormagan futbolchilar ishtirok etishadi

"Man.Yunayted" 151 yildan buyon Angliya Kubogining penaltilar seriyasida g'alaba qozona olmay kelmoqda

"Man.Siti" Arauxoga qiziqmoqda. Gvardiola futbolchi agenti bilan tushlik qildi [As]

Xavi Arauxoning shartnomasi haqida: "Bu bizning asosiy maqsad. Klub uning agenti bilan kelishishga harakat qiladi"

"Atletiko"ga qarshi bahsda "Kamp Nou"ni 100 foiz to'lishiga ruxsat berildi

"Chelsi" Arauxoni Ryudigerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Chelsi" futbolchiga "Barsa"dagidan ikka karra ko'proq maosh taklif qilmoqda [Diario Sport]

Xavi: "Dembele - "Barselona"ning bir qismi. U professional. O'z oyog'ingga o'q uzib bo'lmaydi"

Azar Anchelotti unga adolatsizlik qilmoqda deb hisoblamoqda [Marca]

Rud Gullit: "Men Levandovski "Oltin to'p" olishiga ishongan edim. Afsuski u Messi va Ronaldu davrida yashamoqda. Uni ulardek yetarlicha qadrlashmayapti"

"Man.Siti" va "Liverpul" Sakaga qiziqmoqda. Klublar agar "Arsenal" Chempionlar ligasiga chiqa olmasa uni sotib olishga urinib ko'rishadi [ESPN]

Ryudiger "Chelsi"ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi [Daily Mail]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan