Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Zyule 2022/23-yilgi ma | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Zyule 2022/23-yilgi mavsumdan "Borussiya D" jamoasida faoliyatini davom ettiradi

"PSJ" Mbappe bilan shartnoma uzaytirish mumkin deb hisoblamoqda [RMC Sport]

"Yuventus" Dibalaga taklif etadigan yangi shartnomada ham uning maoshini oshirmaydi [Calciomercato]

Messi joriy mavsum Fransiya chempionatida 7 marta darvoza to'sinini nishonga oldi. Leo bu ko'rsatkich bo'yicha TOP5 chempionatlarda peshqadamlik qilmoqda

Nike kompaniyasi Grinvud bilan shartnomani rasman bekor qildi

"Atletiko" safida debyut qilgan Vass "Barselona"ga qarshi bahsda jarohat oldi va 6-8 haftaga safdan chiqdi

"Man.Yunayted" futbolchilari Fred va Tellesda koronavirus aniqlandi. Ulad "Bernli"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi

Ryudiger haftasiga 225 ming funt maosh olishni istamoqda. U "Chelsi" va "Real"ning takliflariga rad javobini berdi [The Athletic]

Salah: "12 kun ichida biz 120 daqiqadan davom etgan 4 o'yinda maydonga tushdik. Bu o'yinlar o'tmishda qoldi. Keyingi oyda biz ular bilan yana uchrashamiz va revansh olamiz"

"Barselona" "Spotify" kompaniyasi bilan 3 yil uchun 280 mln yevroli shartnoma imzolaydi [Diario Sport]

Ibrahimovich jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi. U "Latsio" va "Sampdoriya"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi [Calciomercato]

Kazemiro: "Ronalduning Madridi yoki Zidanning Madridi ? Yo'q. Muxlislar bu jamoani Chempionlar ligasini ketma-ket 3 marta qo'lga kiritgan jamoa sifatida eslab qolishadi. Unda hamma muhim edi"

Zyule "Borussiya D"da yiliga 10 mln yevro maosh oladi. "Bavariya" taklifi bundan kamroq bo'lgan [Sport1]

Mane Afrika Kubogi haqida: "Hayotimdagi eng yaxshi so'vrin. Men Chempionlar ligasi va boshqa sovrinlarni yutganman, ammo bu men uchun muhimroq"

Di Mariya jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. U "Real"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin [L'Equipe]

Neymar "Real"ga qarshi ilk o'yinga qadar tiklanishga ulgirmaydi [L'Equipe]

Karrager Salah haqida: "Eng yaxshi penaltichi penaltilar seriyasida 5-bo'lmasligi kerak. Ronaldu bilan ham shunday bo'lgan edi"

"Milan" A Seriyaning Jiru maydonga tushgan barcha 8 o'yinida g'alaba qozondi

Zyulening agenti "Borussiya" haqida: "Bizda kattaroq maoshli takliflar ham bor edi"

Dibala "Barselona"ga o'tishi mumkin [todofichajes]

Rangnik: "Menda Lingard bilan bog'liq muammo yo'q. Men uni Grinvud bilan bog'liq voqeadan oldin qo'yib yuborishga ham tayyor edim"

Agar Ronaldu "Bernli"ga qarshi bahsda ham gol ura olmasa, bu Krishtianu uchun so'nggi 12 yil ichidagi eng uzun golsiz seriyaga aylanadi

Kazemiro: "Ronaldu va Messi futbolni o'zgartirib yuborishdi. Avvallari eng yaxshi futbolchilar 20-25 gol urishar edi"

Musa Dembele 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan