Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim yangiliklari

Telegram kanalining logotibi talimda — Ta’lim yangiliklari T
Telegram kanalining logotibi talimda — Ta’lim yangiliklari
Kanal manzili: @talimda
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.00K
Kanalning ta’rifi

Таълим янгиликлари
Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.
Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-09-25 08:44:00PEDAGOG XODIMLAR SHU YIL TUGAGUNIGA QADAR MALAKA OSHIRISH KURSIDAN O‘TISHI KERAKMI?

JAVOB: Ha albatta. Agar shu yil oxirigacha malaka oshirishdan o‘tmasa..

Xodim asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz oʻtmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.

Mazkur xodimning taʼlim muassasasida oʻz lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida oʻz malakasini oshirgan boʻlishi talab qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori.

@talimda
1.9K views05:44
Ochish/sharhlash
2022-09-24 19:56:12
#yoshlar_ittifoqi
#sardorlar_saylovi

Barkamol avlod markazida Xalq ta'limi tasarrufidagi 56 ta maktablardan 14 nafardan kelgan Yoshlar ittifoqi sardorlari ishtirokida “Sardorlar forumi” o‘tkazildi.

Forumda barcha sardorlar o’z yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga bo’linib, yo‘nalishlar kesimida sardorlar saylovida ishtirok etishdi

Forum so‘ngida, saylangan tuman sardorlariga maxsus sertifikatlar va estalik sovg‘alari topshirildi. Sardorlarimizni bilim olishi uchun yanada imkoniyat yaratish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l tuman Kengashi hamda "Al-Aziz" o‘quv markazi tomonidan "Sardorlar Kengashi" uchun 16 mlnlik vaucher ya'ni 14 nafar sardorlar 10 oy muddatda extiyoriy yo‘nalish bo‘yicha o‘qish imkoniyati yaratib berildi

Shu o‘rinda ushbu forumni o‘tkazishda yaqindan yordam bergan tuman Xalq ta'limi bo‘limiga Yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l tuman Kengashi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
1.1K views16:56
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:39:55
Совмещая полезное с приятным, учащиеся 11 классов совместно с учителем русского языка и литературы школы №33 г. Ангрена Е.Б.Расновской посетили Международную выставку-ярмарку «Российское образование. Ташкент-2022», а также государственный академический русский драматический театр Узбекистана, где стали зрителями спектакля "Миленький ты мой"

@talimda
1.9K views06:39
Ochish/sharhlash
2022-09-24 07:10:44
Xalq ta’limi vazirligi taqdim etadi!

Siz kutgan yangi elektron kontentlar!

TEZ KUNDA!

********************************

Министерство народного образования представляет!

Новый электронный контент, которого вы так долго ждали!

СКОРО!
1.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-09-24 04:58:25 КУН ТАРТИБИ
2.0K views01:58
Ochish/sharhlash
2022-09-23 17:45:57
#Diqqat_tanlov

Xalq ta’limi vazirligi esselar tanlovini e’lon qiladi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlovda Xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili fani o‘qituvchilari.

Ta’lim tilidan qat’iy nazar barcha fan o‘qituvchilari.

Tanlov 2022-yil 26-sentabrdan 21-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning maktab bosqichi 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari 21-oktabr —O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana arafasida aniqlanadi.

Batafsil ma’lumotlar vazirlikning rasmiy sahifasida.

Tanlovda faol ishtirok eting!


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
408 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-09-23 17:41:01
Агар ҳали ҳам тиббий кўрикдан ўтишда пул талаб қилинаётган бўлса соғлиқни сақлаш бошқармаларига мурожаат қилинг.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан педагог ва тарбиячилар учун тиббий кўрикни бепул ташкил этиш бўйича тегишли топшириқлар берилган ва бу ишлар доимий назоратда.

@deputat_kusherbayev
429 views14:41
Ochish/sharhlash
2022-09-23 17:31:35 9-sinf “Adabiyot” fani darsligi xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video xabarga MUNOSABAT

Amalda foydalanilayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko'rsatilgan 9-sinf adabiyot darsligi 2019-yilda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan. Mazkur darslik 4-nashr bo'lib, maket 2004-yilda nashriyot tomonidan mualliflarni jalb qilingan holda yaratilgan.

Darslikning 23-sahifasidagi “narmoda” so'zi “Alpomish” o'zbek xalq dostonidan olingan bo‘lib, doston qahramonlaridan biri Qaldirg‘och tomonidan Hakimbiyni unga kelgan xatdagi iltimosni bajo keltirishga da’vat qilish, Alpomishning yigitlik or-nomusini uyg'otish maqsadida ishlatilgan.

Bu jihatni darslik bosh muallifi Q.Yo'ldoshevning "Alpomish" dostonida "narmoda" so'zining ishlatilishi yuzasidan talabalarga bergan izohida ham ko'rish mumkin.

Aytish joizki, dostondagi mazkur parcha va "narmoda" so‘zining izohi darslik mualliflarining talabiga ko'ra darslikda o'zgarishsiz qoldirilgan.

Yangi avlod darsliklarini yaratish rejasiga asosan Milliy o‘quv dasturiga o‘tish doirasida 9-sinflar uchun adabiyot darsligini 2024-yilida yangilanishi belgilangan.

Manba
529 viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:51:22 #Халқ_таълими_рақамларда

ЎТГАН БИР ЙИЛДА МАЛАКА ТОИФАСИГА ЭГА БЎЛГАН ЎҚИТУВЧИЛАР СОНИ ҚАРИЙБ 303 МИНГ НАФАРГА ЕТДИ

Таҳлилларга кўра, ўтган бир йилда малака тоифасига эга бўлган ўқитувчилар сони қарийб 303 минг нафарга етиб, бу жами педагогларнинг 62,5 фоизини ташкил этмоқда.

Ўтган йили бу кўрсаткич 45,2 фоизни ташкил қилган бўлса, уч йил олдин 30 фоизга ҳам етмаган. Шунингдек, жорий йилда олий ва биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар сони салкам 143 минг нафарга, яъни 30,1 фоизга етгани ҳолда олий малака тоифасига эга ўқитувчилар улуши 9,1 фоизни ташкил этмоқда.2021 йилда бу кўрсаткич 5,7 фоиз бўлган, холос.

Ўз навбатида, халқ таълими тизимида фаолият юритаётган ўрта маълумотли ўқитувчилар улуши ҳам 9,5 фоиздан 7,3 фоизга камайган.
Бу ҳам мактабларда олий маълумотли ўқитувчилар сафи йилдан­-йилга кенгайиб, педагог касбининг нуфузи ошиб бораётганига далилдир. 2021 йилдан хорижий тиллар ўқитувчиларига халқаро сертификат бериш тизими жорий қилиниб, уларнинг ўз билимини исботлаши асосида шаффоф тарзда ойлик маошини қўшимча ошириш имкони берилди.

Бу эса ўтган қисқа даврда халқаро стандартларга жавоб берадиган чет тил ўқитувчилари сони деярли уч баробар ошишига туртки бўлди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
766 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-09-23 10:58:17
Ўзбекистонда таълим ислоҳоти нега биринчи ўринга қўйилди?

“Янги Ўзбекистон” газетасининг шу йил 22 сентябрь сонида журналист Баҳодир Жовлиевнинг халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов билан суҳбати чоп этилди. Қуйида уни ўқишингиз мумкин.

Батафсил https://bit.ly/3LzFEKo


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.9K views07:58
Ochish/sharhlash