Get Mystery Box with random crypto!

9-sinf “Adabiyot” fani darsligi xususida ijtimoiy tarmoqlar or | Ta’lim yangiliklari

9-sinf “Adabiyot” fani darsligi xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video xabarga MUNOSABAT

Amalda foydalanilayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko'rsatilgan 9-sinf adabiyot darsligi 2019-yilda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan. Mazkur darslik 4-nashr bo'lib, maket 2004-yilda nashriyot tomonidan mualliflarni jalb qilingan holda yaratilgan.

Darslikning 23-sahifasidagi “narmoda” so'zi “Alpomish” o'zbek xalq dostonidan olingan bo‘lib, doston qahramonlaridan biri Qaldirg‘och tomonidan Hakimbiyni unga kelgan xatdagi iltimosni bajo keltirishga da’vat qilish, Alpomishning yigitlik or-nomusini uyg'otish maqsadida ishlatilgan.

Bu jihatni darslik bosh muallifi Q.Yo'ldoshevning "Alpomish" dostonida "narmoda" so'zining ishlatilishi yuzasidan talabalarga bergan izohida ham ko'rish mumkin.

Aytish joizki, dostondagi mazkur parcha va "narmoda" so‘zining izohi darslik mualliflarining talabiga ko'ra darslikda o'zgarishsiz qoldirilgan.

Yangi avlod darsliklarini yaratish rejasiga asosan Milliy o‘quv dasturiga o‘tish doirasida 9-sinflar uchun adabiyot darsligini 2024-yilida yangilanishi belgilangan.

Manba