Get Mystery Box with random crypto!

#yoshlar_ittifoqi #sardorlar_saylovi Barkamol avlod markazi | Ta’lim yangiliklari

#yoshlar_ittifoqi
#sardorlar_saylovi

Barkamol avlod markazida Xalq ta'limi tasarrufidagi 56 ta maktablardan 14 nafardan kelgan Yoshlar ittifoqi sardorlari ishtirokida “Sardorlar forumi” o‘tkazildi.

Forumda barcha sardorlar o’z yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga bo’linib, yo‘nalishlar kesimida sardorlar saylovida ishtirok etishdi

Forum so‘ngida, saylangan tuman sardorlariga maxsus sertifikatlar va estalik sovg‘alari topshirildi. Sardorlarimizni bilim olishi uchun yanada imkoniyat yaratish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l tuman Kengashi hamda "Al-Aziz" o‘quv markazi tomonidan "Sardorlar Kengashi" uchun 16 mlnlik vaucher ya'ni 14 nafar sardorlar 10 oy muddatda extiyoriy yo‘nalish bo‘yicha o‘qish imkoniyati yaratib berildi

Shu o‘rinda ushbu forumni o‘tkazishda yaqindan yordam bergan tuman Xalq ta'limi bo‘limiga Yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l tuman Kengashi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.